×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
04:27:25 (GMT +5), chorshanba, 13 - dekabr 2017
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
Tashqi ishlar vazirining virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


Sport

O‘zbekiston Respublikasining milliy sport jamoasi xalqaro maydonlarda mustahkam va baland cho‘qqilarni zabt etgan holda o‘z tarkibiy sonini yildan-yilga ko‘paytirib bormoqda. Sportchilarimizning yuqori cho‘qqilarga erishishi yosh respublikamizning xalqaro maydondagi obro‘sini mustahkamlashda shubhasiz ko‘maklashadi. Nufuzli anjumanlarda milliy bayrog‘imizni himoya qiluvchi yoshlar mahsus yakka va o‘yin sport turlarining professionallari o‘z tayyorgarliklarini va mahoratlarini namoyish etib mamlakatimizning boy sport ana'nalariga egaligini namoyon etmoqdalar va tasdiqlamoqdalar.

Jismoniy tarbiya va professional sport sohasida yuqori cho‘qqilarga erishish jiddiy yondoshishni, katta mehnatni va moddiy xarajatlarni talab qiladi. Mana shularning barchasi mavjud bo‘lgandagina sportning bir me'yorda doimiy rivojlanishiga erishish mumkin.

Ko‘pgina mamlakatlarning tajribalariga qaraganda, milliy sport va jismoniy tarbiya taqdirlari haqida davlat tomonidan g`amxo‘rlik qilinishi hech shubxasiz juda katta foyda keltirmoqda. Ijtimoiy sohadagi ushbu moddalarni qo‘llab-quvvatlashda birinchi navbatda o‘smir bolalarni va jamiyatning yosh muhitini ruhiy-jismoniy sog`lomlashtirish maqsadida barcha qulay sharoitlarni yaratmoqda.

Shuni ta'kidlash muhimki, O‘zbekiston mazkur yo‘nalish bo‘yicha uning yuksak ahamiyatini tushunadigan mamlakatlar qatoridan joy egallagan va uni tark etmay kelmoqda. Mamlakatning hukumat tuzilmalari, jamoat tashkilotlari va sport muassasalari sport va jismoniy tarbiya sohasida moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, ommaviylikka erishish, professional sportni kuchaytirish kabi muhim muammolarni har doim birgalikda yechishda hamjihat faoliyat olib bormoqda.

Sportni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan kompleks chora-tadbirlar o‘zining samarasini bermoqda. Mustaqillik yilarida O‘zbekistonning sport delegatsiyasi jami 5ta Olimpiya va 9 ta Osiyo o‘yinlarida vatanimiz sporti sha’nini munosib himoya qildilar. Olimpiya o‘yinlari davomida O‘zbekiston vakillari tomonidan 6 ta oltin, 5 ta kumush va 11 bronza medallari, Osiyo o‘yinlarida esa 54 ta oltin, 76 kumush va 93 ta bronza medallari qo‘lga kiritildi. Bu yutuqlar shundan dalolat beradiki, O‘zbekiston yil sayin sport sohasi jadal sur’atlar bilan rivojlanayotgan davlatlar qatoridan joy olmoqda.

Respublikada sportni rivojlantirish bo‘yicha asosiy faoliyatni O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va sport vazirligi olib boradi va muvofiqlashtiradi. Shu bilan bir qatorda olimpiya xarakatini kelgusida rivojlantirish tadbirlarini va ularda respublika sportchilarini ishtirok etishini ta'minlash 1993-yilda Xalqaro Olimpiya xarakatiga a'zo bo‘lgan Milliy Olimpiya Qo‘mitasi zimmasidadir.

Bugungi kunda O‘zbekiston milliy sport federatsiyalari 32 sport turi bo‘yicha xalqaro federatsiyalarning a'zosi hisoblanib, ular xalqaro musobaqalarda ishtirok etish huquqiga egadirlar.

Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti amalga oshiradi. Unda har yili 2 mingga yaqin talabalar tahsil olmoqda. Oliy o‘quv yurti jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini va sport bo‘yicha murabbiy-o‘qituvchilarni tayyorlamoqda.

Respublikada keyingi yillarda sportning alohida turlari rivojlanmoqada, hamda ularning moddiy-texnik bazasi jahon talablari asosida mustahkamlanmoqda. Shu qatorda 36 nafar jamoadan iborat o‘zbek futbolining bazasini misol qilib ko‘rsatish mumkin. Uning ixtiyorida 231 ta stadion, 5231 futbol maydonlari, shuningdek kichik-futbol va futzal o‘ynaydigan ko‘p sonli maydonlar mavjud. Respublikada keng tarqalgan sportning ushbu turi bo‘yicha O‘zbekistonda Chempionati va birinchiligi, hamda Respublika kubogi o‘tkaziladi.

Sportning katta tennis turi ommaviylig bo‘yicha "birinchi o‘rin"dagi sport turidan qolishmaydi. Respublikada tennisining rivojlanganlik darajasini O‘zbekiston tennischilarning muvaffaqqiyatlari orqali ko‘rish mumkin. 1994 yildan buyon mamlakatning barcha yirik shaharlarida har yili jahonning kuchli tennischilari ishtirokida xalqaro turnirlar o‘tkazilmoqda. Respublika poytaxtining asosiy tennis musobaqasi "Prezident sovrini" bo‘lgan yillik turniri hisoblanadi.

O‘zbekiston boks bo‘yicha Osiya chempionati, taekvando bo‘yicha Osiya va Okeaniya chempionati, erkin kurash bo‘yicha "A" darajali xalqaro turnir kabi nufuzli musobaqalar va turnirlarning o‘tkazish joyi bo‘lib kelmoqda.

Olimpiya o‘yinlari turkumiga kiruvchi sport turlari bo‘yicha terma jamoalar oily sport ta’lim muassasalarida tayyorlanmoqda. Bu sport dargohlarida oily toifali 2000 nafar sportchilar 150 nafar malakali mutahassislar qo‘l ostida tayyorlanishmoqda. Ular 32 ta sport turlari bo‘yicha milliy jamoa asoslarini tashkil etadilar. Mazkur maktablar qoshidagi Olimpiyaga tayyorlov markazlarida istiqboli porloq va iqtidorli atletlar shug‘ullanmoqdalar.

Yosh mamlakatning hayotida katta miqdordagi 6,5 mln aholi band bo‘lgan jismoniy tarbiya o‘ziga hos o‘rin tutadi. Ular 145000 jamoa asoslarini tashkil etadi.

Respublikada paraolimpiya sportlarini rivojlantirishga katta e'tibor qaratilmoqda. Uning bazasini kengaytirishda nafaqat muassasa va jamoat tuzilmalari, balki O‘zR ijtomoiy taminoti Vazirligi, Respublika nogironlar jamiyati, Xalqaro Qizil Xojning hududiy vakolatxonalar faoliyatlarining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lmoqda.

Milliy sport

O‘zbek halqi ko‘p asrlardan beri o‘zining O‘zbekiston Milliy sporti bo‘lmish kurash, belbog‘li kurash, turon va boyqo‘rg‘on asoschilari bo‘lgan jangchi polvonlari va afsonaviy chavandozlari bilan fahrlanadi. Mustaqillik tufayli, jahonga bizning madaniy merosimiz bo‘lgan milliy sport turlarimizni tanishtirish imkoniyati tug‘ildi.

Agarda Yaponiya millionlab sport ishqibozalari uchun dzyudo, karate, sumo, Hitoy – ushu va kung-fu, Korea – taekvondo va sirim, Angliya – futbol, Kanada – shaybali hokkey, AQSh – beysbol, basketbol, amerika futbolining vatani deb hisoblansa, endi O‘zbekiston milliy sport turlari – kurash, belbog‘li kurash, turon, boyqo‘rg‘on va boshqalar xalqaro sport arenasida bizning davlatimizni dunyo ahliga tanitadi.

Hozirgi kunda Kurash dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlarida taraqqiy etdi, shuningdek, chempionatlar va jahon birinchiligi hamda qit’alararo musobaqalar o‘tkazilmoqda. Quvonch bilan shuni ta’kidlash lozimki, Kurashni Osiyo o‘yinlari dasturiga qo‘shilishi, nafaqat O‘zbekistonning balki butun jahon sport taraqqiyotidagi yana bir muhim hodisalardan biri hisoblanadi.

Bolalar sportining O‘zbekistondagi rivoji

Sport - bu so‘glom ijtimoiy-siyosiy muhitni tadbiq etishning eng yaxshi vositasidir.Ayniqsa yoshlar orasida bu muhim ahamiyat kasb etadi.Bugun O‘zbekistonda sport ta’lim va tarbiyaning ajralmas bo‘lagidir.

O‘zbekiston aholisi yosh bo‘lgan davlatdir, O‘zbekiston hudida istiqomat qiluvchilarning qariyb 40 %idan ko‘prog‘ini 18 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etadi. Ularning har tomonlama rivojlanib, ham ma’nan ham jismonan kamolotga erishishlari muhim ahamiyatga egadir. Shuning uchun bolalar sportiga e’tibor va yoshlar orasida sog‘lom turmish tarzini ommalashtirish davlat siyosatining eng asosiy yo‘nalishlaridan biridir.

2002-yildan buyon bolalar sportini har tomonlama qo‘llab – quvvatlash maqsadida bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi faoliyat yuritib kelmoqda.

So‘nggi yillarda respublikada 1113 zamonaviy bolalar sport obyektlari barpo etildi , shulardan 252 tasi sportkomplekslari, 861 tasi sport zallari, va 110 tasi suzish uchun suv havzalaridir. Bugungi kunda 30 dan ortiq sport turlari bilan doimiy ravishda 1 milion 800 ming bolalar shug‘ullanishmoqda. Qishloq joylaridagi bolalarni erta vaqtlardan sportga jalb qilishga alogida etibor berilmoqda.

Shu bilan bir qatorda sport o‘yinlarinig uch bosqichli tizimi shakllangan bo‘lib, ularga “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” musobaqalari kiradi. Mazkur tizimni, tub ma’noda, yuqori malakali sportchilarni tanlab olish va tayyorlashning milliy va samarali modeli deyish mumkin.

Bu kabi keng ko‘lamli ishlarning natijasida, bugungi kunda bizning o‘g‘il-qizlarimizning 92%i bo‘y va og‘irlik jihatdan Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti standartlariga to‘g‘ri keladi.

Mavzuga oid foydali ma'lumotlar:

Ozbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi

Bolalar sportini rivojlantirish jamgarmasi

Ozbekiston Respublikasi Olimpiya qomitasi

Ozbekiston Respublikasi Xalqaro Kurash Assotsiatsiyasi

Marta o`qilga: 32251