×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
10:38:33 (GMT +5), chorshanba, 17 - oktabr 2018
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 23-yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimda Prezident Islom Karimovning ta’kidlashicha, dunyodagi sanoqli davlatlar qatorida O‘zbekistonda mustaqil taraqqiyot yillarida iqtisodiyot qariyb 6 barobar, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan real daromadlar 9 barobardan ziyod o‘sdi.

So‘nggi 11-yilda, jumladan, joriy 2015-yilda yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur’atlari barqaror ravishda 8 foizdan yuqori bo‘lib kelmoqda, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar mutanosibligi, davlat byudjeti va to‘lov balansining barqaror ravishda profitsit bilan bajarilishi, eksport va oltin-valyuta zaxiralarining o‘sishi ta’minlanmoqda. Davlatning tashqi qarzi esa yalpi ichki mahsulotga nisbatan 18,5 foizdan oshmayapti.

Joriy yilda iqtisodiyotimizga qariyb 16 milliard dollar qiymatidagi investitsiya kiritildi va bu asosiy fondlar umumiy hajmining salkam 23,3 foizini tashkil etadi.

O‘tgan 5-yil davomida iqtisodiyotimizga jami bo‘lib qariyb 67 milliard dollar investitsiya yo‘naltirildi, buning 21 foizdan ortig‘i xorijiy investitsiyalardir.

Shuni alohida qayd etish kerakki, «yangi biznesni qo‘llab-quvvatlash» deb ataladigan mezon bo‘yicha mamlakatimiz ayni paytda jahonda 42-o‘rinni, tuzilgan shartnomalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha 32-o‘rinni, iqtisodiy nochor korxonalarga nisbatan qo‘llanadigan bankrotlik tizimining samaradorligi bo‘yicha 75-o‘rinni egallab turibdi. «Kichik biznes subyektlariga kredit berish» deb nomlanadigan ko‘rsatkich bo‘yicha O‘zbekiston so‘nggi uch yilda 154-o‘rindan 42-o‘ringa ko‘tarildi va o‘tgan yilning o‘zida reytingini 63 pozitsiyaga yaxshiladi.

Jahon bankining ma’ruzasida O‘zbekiston keyingi yillarda tadbirkorlik faoliyati uchun ishbilarmonlik muhitini yaxshilash sohasida eng yaxshi natijalarga erishgan dunyodagi o‘nta davlat qatoridan joy olgani qayd etilgan.

Islohotlar natijasida yalpi ichki mahsulotimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi 2000-yildagi 31 foizdan bugungi kunda 56,7 foizga yetgani yoki 1,8 barobar oshganini alohida ta’kidlashni istardim. Hozirgi paytda ushbu sohada jami sanoat mahsulotlarining uchdan bir qismi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 98 foizi ishlab chiqarilmoqda.

2015-yilda ana shu maqsadlarga barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 15 milliard 800 million AQSh dollari miqdorida investitsiyalar jalb etildi va o‘zlashtirildi. Bu 2014-yilga nisbatan 9,5 foiz ko‘p demakdir. Jami investitsiyalarning 3 milliard 300 million dollardan ziyodi yoki 21 foizdan ortig‘i xorijiy investitsiyalar bo‘lib, shuning 73 foizi to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyalaridir.

Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida ham chuqur tarkibiy o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Murakkab ob-havo sharoitiga qaramasdan, fermer va dehqonlarimizning fidokorona mehnati va omilkorligi tufayli o‘tgan yili mo‘l hosil yetishtirildi – 7 million 500 ming tonnadan ziyod g‘alla, 3 million 350 ming tonnadan ortiq paxta xirmoni barpo etildi.

O‘tgan yili iqtisodiyotimizni tarkibiy o‘zgartirish va diversifikatsiya qilishni chuqurlashtirish, bandlikni ta’minlash, odamlarimizning daromadi va hayot sifatini oshirishning muhim omil va yo‘nalishlaridan biri tariqasida xizmat ko‘rsatish va servis sohasini jadal rivojlantirish borasidagi tizimli ishlar izchil davom ettirildi.

2015-yilda yalpi ichki mahsulot o‘sishining yarmidan ko‘pi xizmat ko‘rsatish sohasi hissasiga to‘g‘ri kelgani bu tarmoqning iqtisodiyotimizdagi o‘rni va ta’siri naqadar katta ekanini ko‘rsatadi. Bugungi kunda xizmat ko‘rsatish sohasining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 2010-yildagi 49 foizdan 54,5 foizga yetdi. Jami band aholining yarmidan ko‘pi ushbu sohada mehnat qilmoqda.

Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi hamon davom etayotganiga qaramasdan, hisobot yilida yalpi ichki mahsulot 8 foiz, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 8 foiz, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari qariyb 7 foiz, qurilish-montaj ishlari hajmi salkam 18 foizga oshdi.

Yillik byudjet yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,1 foiz profitsit bilan bajarildi. Inflatsiya darajasi 5,6 foizni tashkil qildi, ya’ni prognoz ko‘rsatkichlari doirasida bo‘ldi.

Xalqaro miqyosda katta nufuzga ega bo‘lgan Jahon iqtisodiy forumi reytingiga ko‘ra, O‘zbekiston 2014-2015-yillardagi rivojlanish yakunlari va 2016-2017-yillarda iqtisodiy o‘sish prognozlari bo‘yicha dunyodagi eng tez rivojlanayotgan beshta mamlakat qatoridan joy olgani albatta barchamizga mamnuniyat yetkazadi.

Hisob-kitoblar shuni ko‘rsatmoqdaki, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarish natijasida 2030-yilda, yangi turdagi tovarlar tayyorlashni o‘zlashtirish asosida neft-gaz-kimyo sohasida mahsulot ishlab chiqarish hajmi 3,2 barobar, rangli metall mahsulotlari 2,2-marta, qora metalldan tayyorlanadigan buyumlar 2,3 karra, kimyo sanoati mahsulotlari, jumladan, mineral o‘g‘itlar 3,2 barobar ko‘payishi mumkin.

Zamonaviy texnologiyalar asosida paxta tolasini va meva-sabzavot mahsulotlarini chuqur qayta ishlash tashqi va ichki bozorda talab yuqori bo‘lgan tayyor, ekologik toza to‘qimachilik va yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 2030-yilda 5,6-marta, meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash hajmini esa 5,7 karra oshirish imkonini beradi.

Marta o`qilga: 25288