×

Saytda ovoz jo‘rligidan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz jo‘rligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funksiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga o‘tish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil bo‘lgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz jo‘rligi funksiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.

×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

+998 71-233-80-98


Elektron-pochta: info@mfa.uz


Konsullik-huquqiy departanmenti

+998 71-236-27-07 (viza masalalari)

+998 71-233-36-03, +998 71-233-67-23 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

+998 71-236-37-54 (pasport bo‘limi)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
21:41:50 (GMT +5), payshanba, 1 - oktabr 2020
Ovoz berishni o‘chirish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


Hukumat

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi – O‘zbekiston Respublikasi Hukumati ijro etuvchi hokimiyatning oliy organi bo‘lib, iqtisodiyot, ijtimoiy va ma'naviy sohalarning samarali faoliyat ko‘rsatishiga rahbarlik qilishni, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta'minlaydi.

Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasida ijro etuvchi hokimiyatning yagona tizimiga rahbarlik qiladigan kollegial organdir.

Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining a'zolari – O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziridan (bundan buyon matnda Bosh vazir deb yuritiladi), uning o‘rinbosarlaridan, vazirlardan, davlat qo‘mitalari raislaridan iboratdir. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga o‘z lavozimi bo‘yicha kiradi.

Vazirlar Mahkamasi:

samarali iqtisodiy, ijtimoiy, moliyaviy, pul-kredit siyosati yuritilishi, ilm-fan, madaniyat, ta'lim, sog‘liqni saqlashni hamda iqtisodiyotning va ijtimoiy sohaning boshqa tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha dasturlarning ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishi uchun javobgar bo‘ladi;

fuqarolarning iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishga doir choralarni amalga oshiradi;

vazirliklar, davlat qo‘mitalari va boshqa davlat boshqaruvi organlari ishini muvofiqlashtiradi hamda yo‘naltiradi, ularning faoliyati ustidan nazoratni ta'minlaydi;

O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta'minlaydi;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining eng muhim masalalari yuzasidan har yilgi ma'ruzalarni taqdim etadi;

davlat boshqaruvi tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida, vazirliklarni, davlat qo‘mitalarini, idoralarni va boshqa davlat boshqaruvi organlarini tuzish, qayta tashkil etish hamda tugatish haqida takliflar ishlab chiqadi;

strategik rejalashtirishning zamonaviy shakllari davlat boshqaruvi tizimiga joriy etilishini ta'minlaydi;

mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning eng muhim hamda ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha yaqin, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan strategiyalar, konsepsiyalar, dasturlar hamda «yo‘l xaritalari»ni amalga oshirish yuzasidan choralar ko‘radi.

Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasida, «O'zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi to'g'risida»gi Qonunda va boshqa qonunlarda nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

Vazirlar Mahkamasi konstitusiyaviy normalar doirasida va qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining butun hududida barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar hamda fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi.

Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari Bosh vazir tomonidan imzolanadi.

Amaldagi Vazirlar Mahkamasi yangi saylangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oldida o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qiladi, biroq Vazirlar Mahkamasining yangi tarkibi shakllantirilguniga qadar mamlakat Prezidentining qaroriga muvofiq o‘z faoliyatini davom ettirib turadi.

Vazirlar Mahkamasi o'z faoliyatini O'zbekiston Respublikasining «O'zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi to'g'risida»gi Qonuniga muvofiq olib boradi.

Vаzirlаr Mаhkаmаsi «Prаvdа Vоstоkа» gаzеtаsining muаssisi, shuningdеk, «Хаlq so`zi», «Nаrоdnое slоvо» va «Yangi O‘zbekiston» gаzеtаlаrining hаm muаssisi hisоblаnаdi.

Mаnzil: 100078, Tоshkеnt shаhаr, Hukumаt uyi, Mustаqillik mаydоni, 5

Umumiy bo`lim: +998 (71) 239-8676

Devonxona: +998 (71) 239-8260, +998 (71) 239-8486

Fuqаrоlаr qаbuli, хаt vа аrizаlаrni ko`rib chiqish bo`limi:

Tel.: +998 (71) 239-8114

Fаks: +998 (71) 239-8463

Vаzirlаr Mаhkаmаsining shахsiy tаrkibi

Manba: O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali

Marta o`qilga: 14939