×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
08:36:46 (GMT +5), chorshanba, 13 - dekabr 2017
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
Tashqi ishlar vazirining virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


Aholi va milliy bayramlar

O‘ZBEKISTON AHOLISI

O‘zbekiston Respublikasi aholisi aholisi 31575,3 ming kishi (2016-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra), shundan shahar aholisi 51% ni tashkil etadi. Aholining o‘rtacha zichligi 1 kv.km. ga 65.8 kishini tashkil qiladi. Aholi soni bo‘yicha MDH davlatlari orasida O‘zbekiston Respublikasi Rossiya va Ukrainadan keyin uchinchi o‘rinda turadi. Aholining aksar qismi – qariyb 80% o‘zbeklar. O‘zbekiston ko‘p millatli respublika bo‘lib, unda 100 dan ortiq millat va elatlar istiqomat qiladi.

MILLIY BAYRAMLAR

14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni

Mustaqil O‘zbekistonda ushbu bayram o‘z qurolli kuchlarini tashkil etishga bag‘ishlangan. 1992-yil 14-yanvarda mamlakat parlamenti mamlakat hududidagi xarbiy o‘quv yurtlari va boshqa xarbiy shakllarining barcha qismlari va birlashmalarini O‘zbekiston Respublikasi yurisdiksiya qaramog‘iga o‘tishi to‘g‘risida qarori qabul qilindi.1993-yilda 29-dekabrda 14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni deb e’lon qilindi.

8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni

O‘zbekistonda ushbu bayram sevgi, mehrbonlik va go‘zallik bayrami sifatida nishonlanadi, shuningdek, “onalar kuni” sifatida ham taniqlidir. 8-mart O‘zbekistonda dam olish kuni deb belgilangan.

21-mart - Navro‘z

Navro‘z qadimiy milliy bayrami (fors tilidan tarjima qilindanda “yangi kun” ma’nosini anglatadi) 21-mart kuni nishonlanadi. Ushbu kun kecha bilan kunduzning tenglashgan paytidir. Ushbu bayramning kirib kelishi bilan ko‘pgina O‘zbek oilalar sumalak, halim, ko‘k somsa, osh kabi turli milliy taomlarni tayyorlaydilar. Mazkur taomlar odamzod organizmiga foydali bo‘lgan ko‘plab vitaminlarga boydir.

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng O‘zbek xalqining qadimiy urf-odatlari va ana’nalari kuchga kirdi, jumladan Navro‘z bayramini nishonlash o‘ziga xos tusga ega bo‘ldi. Bu bayram barcha xalqlarning do‘stlik va birlik ramziga ega bo‘lgan umumxalq bayramdir. Bugungi kunda Navro‘z bayrami Alisher Navoiy maydonida tantanali ravishda nishonlanadi.

9-may - Xotira va qadrlash kuni

1999-yili 9-may kuni O‘zbekiston poytaxtida Xotira maydoni ochildi va shu kundan buyon 9-may Xotira va qadrlash kuni deb nishonlanmoqda. Ushbu bayram keng ma’noga ega bo‘lib, u mustaqil O‘zbekistonda asrlar davomida qahramona, o‘lkamizni ximoya qilgan, uning erkinligi, mustaqilligi va xalqining tinchligi uchun kurashgan vatandoshlar xotirasiga bag‘ishlanish bilan bir qatorda u umumxalq xotirasi va insonni qadralash kuni hamdir. Xotira va qadrlash kuni chinakam milliy-umumxalq bayramidir, bu kunlari kishilar uzoq-yaqinda yashovchi yaqinlarini holidan habar oladilar, katta yoshlilarni ziyorat qiladilar va ularga alohida izzat ko‘rsatiladi.

1-sentabr - Mustaqillik kuni

O‘zbekiston Respublikasining asosiy milliy bayrami - Mustaqillik kunidir. Ushbu bayram 1-sentabr kuni tantanali ravishda nishonlanadi. Milliy bayram do‘stlik, hayriya va har tomonlama hurmatga tayangan o‘zbek xalqining barcha orzularini nomoyon etadigan bayramdir.

O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan turli millatlar vakillari millati, dini va irqidan qat’iy nazar O‘zbekistonning barcha hududlarida faol nishonlaydilar.

1-oktabr - Ustoz va murabbiylar kuni

Har yili O‘zbekistonda Ustoz va murabbiylar kuni keng nishonlamoqda. Qadim zamonlardan ustozga bo‘lgan chuqur hurmat va e’tibor saqlanib qolgan. “Domla”, “Muallim”, “Ustoz” kabi so‘zlar har bir shogird va o‘quvchi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Bu so‘zlar jaranglaganda mehr-muhabbat, tarbiya, odob-axloq, bilim, hunar va insoniylik tuyg‘ularini o‘quvchilar ongi va qalbiga joylagan mehribon ustozlar yodga tushadi. Bu so‘zlar bilan ustozlarga minnatdorchilik va izzat bilan murojaat etiladi.

Maktab va o‘quv muassasalarning o‘quvchilari hayotning ilk bilimlarini bergan ustozlarga chuqur izzatdadirlar. Ushbu kunda o‘qituvchilarni minnatdorchilik ila gullar va sovg‘alar bilan xayot yo‘lida mashaqqatli mehnati uchun chin yurakdan tabriklashadi.

8-dekabr - Konstitutsiya kuni

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi Parlament tomonidan 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan. Ushbu bayram butun O‘zbekiston bo‘ylab keng nishonlanadi.

Ramazon Hayiti

Ushbu bayram musulmon (Hijriy) kalendarining 9-oyiga to‘g‘ri keladigan Ramazon oyi bilan bevosita bog‘liq. Ushbu oy nafaqat jismoniy, balki ruhiy, ma’naviy poklanish davri hisoblanadi. Bu oyda musulmonlar tong otishidan quyosh botguniga qadar yeyish, ichish va nafsni qondirishdan tiyiladilar. Bu oyda insonlar yomon o‘ylardan saqlanadilar, arazlashgan yarashadilar, kasallar holidan habar olish, muhtojlarga ko‘maklashish, imkon qadar yaxshilik qilish, yomonliklardan tiyilish tavsiya etiladi.

Bir oy Ramazon ro‘zasi tutilganidan so‘ng Hayit bayrami nishonlanadi. Ezgulik, shukronalik, mehr-oqibat ayyomi bo‘lmish muborak Ramazon hayitining birinchi kuni O‘zbekistonda dam olish kuni hisoblanadi.

Qurbon Hayiti

Musulmonlar tomonidan nishonlanadigan dunyodagi eng katta diniy bayramlardan biridir. Bu bayramning negizi o‘z o‘g‘lini Alloh yo‘lida qurbon qilishga tayyor bo‘lgan Payg‘ambar Ibrohim (a.s.) bilan bog‘liq bo‘lgan tarixiy voqeaga taqaladi. Uning harakati Alloh tomonidan to‘xtatilib o‘rniga hayvon (qo‘y, mol, tuya va boshqa jonliq) qurbon qilish buyuriladi. Shundan buyon imkoni yetadigan musulmonlar shukronalik sifatida bir yilda bir marta, ushbu bayramda jonliq so‘yadilar. Uning go‘shtidan qarindosh-urug‘, qo‘ni-qo‘shni, muhtoj va yaqin olilalarga tarqatadilar, o‘zlari ham iste’mol qiladilar. Bayram uch kun davom etadi va musulmonlar bu kunlarni oila va qarindoshlar davrasida o‘tkazadilar. Bayram kunlari kishilar uzoq-yaqinda yashovchi yaqinlarini holidan habar oladilar, muhtojlarga yordam beradilar. “Qurbon Hayiti”ning birinchi kuni dam olish kuni hisoblanadi.

Marta o`qilga: 31207