×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
05:30:15 (GMT +5), yakshanba, 21 - iyul 2019
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


23 - iyun 2019

AQSh Davlat departamentining 2018-yildagi odam savdosi bo‘yicha ma’ruzasi to‘g‘risida

2019-yil 20-iyun kuni AQSh Davlat departamenti Odam savdosi to‘g‘risidagi yillik ma’ruzasini e’lon qildi. Unda jahonning 189 mamlakatidagi vaziyat tahlil qilingan.

Hujjatda O‘zbekistonda paxta yig‘im-terimi vaqtida katta yoshlilar majburiy mehnatidan foydalanishni to‘xtatish, teruvchilarga haq to‘lash miqdorini ko‘paytirish, budjet tashkilotlarida ishlayotgan shaxslarni jalb qilishni qisman to‘xtatilishi bo‘yicha muhim choralar qabul qilinishi; xalqaro kuzatuvchilarga qarshiliksiz to‘liq ruhsat berishning davom ettirilishi; monitoring jarayoniga mustaqil huquq himoyachilarini jalb qilinishi; paxta terimida bolalar mehnatidan foydalanishga ta’qiqni davom ettirilishi qayd etiladi.

“Majburiy mehnatni tugatishga yuqori darajadagi o‘zgarmas sodiqlik”, shuningdek, fuqarolarni, shu jumladan, davlat xizmatchilarini majburiy jamoat ishlariga jalb qilishni oldini olish bo‘yicha hujjatlar qabul qilinishi alohida ta’kidlanadi.

Avvalroq, joriy yilning aprel oyi boshida, Bryusselda e’lon qilingan 2018-yilgi Uchinchi tomon monitoringi natijalari asosida Xalqaro mehnat tashkiloti O‘zbekistonda “muntazam yoki tizimli majburiy mehnat” to‘xtatilganini e’tirof etdi.

O‘zbekiston tomoni so‘nggi vazqtlarda mamlakatda davlat darajasida jinoyatchilikni, jumladan, odam savdosini kamaytirishga qaratilgan ulkan preventiv choralar qabul qilinishini, majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha zarur huquqiy va institutsional mexanizmlar yaratilganligini qayd etish zarur deb hisoblaydi. Fuqarolik jamiyati va xorijiy inson huquqlari tuzilmalari bilan ochiq muloqot olib borilmoqda, buni O‘zbekiston Bosh vazir sobiq o‘rinbosari Tanzila Norboyeva boshchiligidagi delegatsiyaning 2018-yil oktabr oyida “Cotton Campaign” Xalqaro koalitsiyasi yillik majlisida ishtirok etishi tasdiqlaydi.

Shu bilan birga, ushbu mexanizmlarni yanada takomillashtirish doirasida 2019-2024-yillar uchun Odam savdosiga qarshi kurash milliy strategiyasini ishlab chiqish va qabul qilish, shuningdek, bu kabi jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha Milliy ma’ruzachi institutini tashkil etish rejalashtirilmoqda.



Marta o`qilgan: 313