×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
01:31:45 (GMT +5), seshanba, 24 - sentabr 2019
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


30 - may 2019

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bayonoti

2019-yilning 30-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga binoan 156 nafar O‘zbekiston fuqarolari, asosan ayollar va bolalar maxsus aviareysda Toshkent shahriga olib kelindilar. Ular aldov yo‘llari bilan Yaqin Sharqdagi qurolli mojarolar hududiga borib qolgan edilar.

Ushbu gumanitar amaliyot inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi asosiy xalqaro hujjatlarga to‘liq rioya etgan holda, shuningdek, xalqaro gumanitar huquqning me’yor va tamoyillaridan kelib chiqib amalga oshirildi.

Xorijiy jangari-terroristlarlar bilan aloqador hamda terrorizm qurbonlari bo‘lishi mumkin bo‘lgan ayollar va bolalarga yordam ko‘rsatish muhimligi BMT Xavfsizlik kengashining 2396-rezolutsiyasi bilan tasdiqlangan.

Og‘ir hayotiy davrni boshdan o‘tkazib, Vatanga qaytgan hamyurtlarimizga O‘zbekiston Hukumati reabilitatsiya va jamiyatga qayta moslashishlari uchun har tomonlama yordam ko‘rsatadi. Ularning tibbiy yordam va psixosotsial ko‘makdan foydalanishlari, ta’lim va boshqa ijtimoiy dasturlarda ishtirok etishlari ta’minlanadi. Qutqarilgan vatandoshlarimizning tinch hayotga qaytishlari uchun, xususan ularni tegishli boshpana va ish o‘rni bilan ta’minlash borasida zarur sharoitlar yaratiladi.

Barcha musulmonlar uchun muqaddas bo‘lgan Ramazon oyida fuqarolarimizni qutqarish bo‘yicha muvaffaqiyatli amalga oshirilgan gumanitar missiya O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi, maxsus xizmatlari va boshqa idoralarining muvofiqlashtirilgan harakatlari samarasidir.

Qator xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar, jumladan Xalqaro Qizil xoch qo‘mitasi va YUNISEF tomonidan muhim ko‘mak ko‘rsatildi. O‘zbekiston tomoni mazkur tadbirda ishtirok etgan barcha hamkorlariga fuqarolarimizning Vatanga eson-omon qaytarishda ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorchilik izhor etadi.

Turli sabablarga ko‘ra begona yurtlarda og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan vatandoshlarimizga ularning barchasi O‘zbekiston Respublikasi himoyasida ekanliklarini, davlat ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun barcha choralarni qo‘llashini ma’lum qilishni muhim deb hisoblaymiz.



Marta o`qilgan: 2039