O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
1 - yanvar 2019

O‘zbekistonning Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasi axboroti

O‘zbekistonning Yekaterinburg shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, Magnitogorsk shahrida turar-joy binosi qulashi natijasida jabrlanganlar orasida 2019-yilning 1-yanvar kuni ertalab holatida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q.

31-dekabr ertalab sodir bo‘lgan Magnitogorsk fojeasi bo‘yicha vaziyatni Bosh konsulxona jiddiy nazoratga olgan.



Marta o`qilgan: 1958