O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
19 - iyul 2018

TIV Konsullik-huquqiy departamenti axboroti

2018-yilning 18-iyul kuni O‘zbekistonning Rossiyadagi Elchixonasi Konsullik bo‘limi xodimi O‘zbekiston fuqarosi Ma’rufjon Shakarovga huquqiy yordam ko‘rsatish maqsadida Moskva shahridagi Jazoni ijro etish federal xizmatining 1-tergov izolyatoriga (SIZO-1) tashrif buyurdi.

Uchrashuv chog‘ida M.Shakarov sog‘ligidan shikoyat qilmadi. Har kuni SIZO rahbariyati u bilan suhbat o‘tkazmoqda, vrach tibbiy ko‘rikdan o‘tkazmoqda. Tez tibbiy yordam ko‘rsatishni talab qiluvchi holatlar mavjud emas.

SIZO-1 rahbariyati bergan izohga ko‘ra, agar M.Shakarov ochlik holatini to‘xtatsa, sog‘ligini tiklashi uchun tibbiy bo‘limga joylashtiriladi.



Marta o`qilgan: 2312