×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
04:36:21 (GMT +5), dushanba, 22 - oktabr 2018
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


9 - yanvar 2018

Saratov viloyatidagi yo‘l transport hodisasiga doir

Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligining Saratov viloyati bo‘yicha Bosh boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, 2018-yil 7-yanvar kuni taxminan soat 20.00 da federal avtomobil yo‘lining 560-chi kilometrida yo‘l transport hodisasi ro‘y bergan. Saratov viloyati tomon harakatlanayotgan BMW rusumli avtomobil haydovchisi qiyalikda boshqaruvni yo‘qotib RENO rusumli mikroavtobus bilan to‘qnashgan. YTH natijasida 5 kishi jabrlangan.

O‘zbekistonning Rossiyadagi Elchixonasi ma’lumotlariga ko‘ra, barcha jabrlanganlar, shu jumladan 4 nafar O‘zbekiston fuqarosi va BMW haydovchisi Petrov tuman kasalxonasiga olib kelingan.

Hozirgi paytda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi Choriyeva Sayohat Tashpulatovna (1982-yil 30-avgustda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan) Saratov viloyati Petrov tumanidagi kasalxonaning reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan. Uning holati barqaror, jabrlanganning hayotiga hech narsa xavf solmayapti.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan RENO mikroavtobusining boshqa yo‘lovchilari yengil tan jarohati olishgan va kasalxonaga yotishni rad etishgan:

1. Fayoza Rustam qizi Eshpulatova, 1995-yilda tug‘ilgan;

2. Muxtorxon Pulatovich Giyosov, 1972-yil 6-yanvarda tug‘ilgan;

3. Nuriddin Ilxamovich Xaydarov, 1986-yil 14-fevralda tug‘ilgan.

Hozirgi vaqtda Elchixonaning Konsullik bo‘limi jabrlangan ayolga yordam berish masalasini hal etmoqda.



Marta o`qilgan: 3022