O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
28 - dekabr 2017

Tashqi ishlar vazirligi Konsullik boshqarmasi ma’lumoti

2017-yilning 27-dekabr kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi “Perekrestok” savdo markazida mahalliy vaqt bilan soat 18:30 atrofida portlash sodir bo‘ldi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlash natijasida 10 kishi jabrlangan. Ular orasida 1957-yil 10-iyunda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi Ivrikul Izbekovich Alikulov bor. U Aleksandrovskiy nomli 17-sonli shahar kasalxonasiga yetkazilgan va unga shu yerda tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Shifokorlar ma’lumotiga ko‘ra, I.Alikulovning ahvoli barqaror og‘ir, ammo hozirgi paytda uning hayotiga tahdid yo‘q.

TIV Konsullik boshqarmasi va O‘zbekistonning Rossiya Federatsiyasidagi konsul xodimlari Sankt-Peterburg rasmiylari bilan aloqada bo‘lib, jabrlanganga zarur yordam ko‘rsatish bo‘yicha choralar ko‘rmoqda.



Marta o`qilgan: 3851