O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
10 - oktabr 2017

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Konsullik boshqarmasi ma’lumoti

Ommaviy axborot vositalari ma’lumotiga ko‘ra, Moskva viloyatidagi “Sindika” qurilish bozoridagi yong‘indan so‘ng 6 nafar O‘zbekiston fuqarosi bedarak yo‘qolgan. Ushbu xabarni tekshirish uchun O‘zbekistonning Moskvadagi Elchixonasi Konsullik bo‘limi Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining tegishli bo‘linmasi bilan bog‘landi.

2017-yil 10-oktabr Moskva vaqti bilan soat 9.00da Rossiya tomoni yuqorida qayd etilgan yong‘inda O‘zbekistonning yo‘qolgan yoki yaralangan fuqarolari haqidagi ma‘lumotga ega emas.

Ushbu masala Elchixona Konsullik boshqarmasining doimiy nazoratiga olingan.



Marta o`qilgan: 3215