O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
8 - oktabr 2017

O‘zbekiston Elchixonasining Vladimir viloyatidagi YTHda jabrlanganlarni vatanga qaytarish to‘g‘risidagi ma’lumoti

O‘zbekistonning Moskva shahridagi Elchixonasi ma’lum qiladiki, 2017-yil 7-oktabr Moskva vaqti bilan soat 20.00 holatiga ko‘ra Vladimir viloyatida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi natijasida 17 kishi halok bo‘ldi (ulardan 15 nafari O‘zbekiston fuqarosi, 1 nafari Qozog‘iston fuqarosi, 1 nafari shaxsi aniqlanmagan), 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi shifoxonaga yotqizildi, 36 kishi yengil tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilishdan bosh tortdilar.

Halok bo‘lganlardan 15 nafar O‘zbekiston fuqarolari jasadlari aniqlashtirildi. Jumladan 7-oktabr kuni 29.08.1997-yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan Mirzoyev Mirshod Mirjon o‘g‘li jasadi aniqlashtirildi.

Rossiyaning tegishli organlari 16-jasad shaxsini va fuqaroligini aniqlash ishlarini olib bormoqda.

O‘zbekiston va Rossiya sog‘liqni saqlash vazirliklarining o‘zaro kelishilgan qaroriga ko‘ra mamlakatimizning uch nafar fuqarosi (og‘ir ahvoldagi 2 voyaga yetgan kishi va 1 yosh bola) sog‘aytirish uchun Vladimir viloyatining klinik shifoxonasida qoldirildi. Ularni davolash uchun yuqori malakali mutaxassislar jalb etiladi.

8-oktabrga o‘tar kechasi avariyaga uchragan 36 fuqaro va 15 ta jasad bilan O‘zbekiston maxsus samalyoti Jukovskiy aeroportidan uchib ketdi va Termiz shahriga yetib keldi.

8-oktabr tongda halok bo‘lganlar jasadlari va jarohatlanganlar Termiz, Andijon va Buxoro shaharlariga yetkazildi.



Marta o`qilgan: 4955