O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
18 - sentabr 2017

O‘zbekistonning Qozog‘istondagi Elchixonasi axboroti

Qozog‘iston OAV bergan ma’lumotga ko‘ra 2017-yilning 17-sentabr kuni oqshomda Ostona shahrida qurilayotgan obyekt hududida tom va devorlar qulab tushgan. Natijada, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 3 ta O‘zbekiston fuqarosi jabrlangan bo‘lib, ulardan 2 kishi halok bo‘lgan va 1 kishi kasalxonaga yotqizilgan.

Qozog‘istonning tegishli organlari tomonidan tezkor tergov guruhi tuzildi va tergov harakatlari olib borilmoqda.

Elchixonaning konsullik bo‘limi tomonidan favqulodda holat haqida batafsil ma’lumot olish uchun qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.



Marta o`qilgan: 3516