O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
2 - sentabr 2017

“Ozodlik” radiosi veb-sahifasidagi maqolaga oid

O‘zbekiston tomoni “Ozodlik” radiosi veb-sahifasida 2017-yil 1-sentabrda “AQShdagi o‘zbek diplomatlari ustidan prezidentga arz qilmoqdalar” sarlavhasi ostida chop etilgan maqolaga e’tibor qaratdi. Shu munosabat bilan ma’lum qilamizki, Vashington shahrida bo‘lib turgan respublika TIVning mas’ul xodimi Qadamboy Sultonovga maktubdagi masalalarni muhokama qilish uchun muallif bilan uchrashish vakolati yuklatilgan.

“Ozodlik” radiosi internet-manbaalarida M.Xalikovning manzili va bog‘lanish uchun boshqa ma’lumotlari keltirilmaganligi sababli redaksiya u bilan aloqa o‘rnatishda ko‘mak beradi deb umid qilamiz.



Marta o`qilgan: 6101