O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
30 - avgust 2017

O‘zbekistonning Rossiyadagi Elchixonasi ma’lumoti

O‘zbekistonning Moskva shahridagi Elchixonasi ma’lumotiga qaraganda, Rossiyaning Samara viloyatida yuz bergan yo‘l-harakati hodisasi qurbonlari orasida O‘zbekiston fuqarolari borligi haqidagi ba’zi OAV tomonidan tarqatilgan xabarlar tasdiqlanmadi. Mazkur hodisa natijasida 3 kishi halok bo‘lgan va 4 kishi jarohatlangan.

“Lada Largus” avtomobilining “KamAZ” bilan to‘qnashuvi Voljskiy tomanining Chernovskoye suv ombori yaqinida 2017-yil 27-avgust kuni soat 03:00 atrofida bo‘lib o‘tgan.

Hozirgi vaqtda Elchixonaning konsullik bo‘limi tomonidan O‘zbekiston fuqarolarining jarohatlanganlar orasida bo‘lganligi haqidagi ma’lumot qo‘shimcha tekshirilmoqda.



Marta o`qilgan: 4185