O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
14 - iyul 2017

O‘zbekiston TIV Konsullik boshqarmasi axboroti

13-iyul kuni yong‘in sabablari va halok bo‘lganlarning shaxsini aniqlash uchun Kolpino shahriga (Sankt-Peterburg shahri tarkibiga kiradi) borgan O‘zbekiston Elchixonasi xodimlari Sankt Peterburg shahri Tashqi aloqalar qo‘mitasi ma’lumotiga asoslanib, 7 ta O‘zbekiston fuqarolarining halok bo‘lganini tasdiqladi:

1. Xusinov Ro‘zmat Qurbonboyevich, 1967-yil 1-yanvarda tug‘ilgan, Xorazm viloyati Yangiariq tumani, “Tagan” QFYda ro‘yxatda turadi;

2. Xusinov Siroj Ro‘zmatovich, 1991-yil 16-oktabrda tug‘ilgan, Xorazm viloyati Yangiariq tumani, “Tagan” QFYda ro‘yxatda turadi;

3. Otaniyozov Zoir Aminovich, 1973-yil 2-noyabrda tug‘ilgan, Xorazm viloyati Yangiariq tumani, “Tagan” QFYda ro‘yxatda turadi;

4. Boyjanov Ilyos Qadamboyevich, 1988-yil 10-noyabrda tug‘ilgan, Xorazm viloyati Yangiariq tumani “Tagan” QFYda ro‘yxatda turadi;

5. Sultonov Yunus Kuranboyevich, 1981-yil 21-aprelda tug‘ilgan, Xorazm viloyati Yangiariq tumani “Tagan” QFYda ro‘yxatda turadi;

6. Atakov O‘tkirbek O‘ktamboyevich, 1989-yil 19-aprelda tug‘ilgan, Xorazm viloyati Yangiariq tumani “Gulobod” QFYda ro‘yxatda turadi;

7. Quramboyev Shoxzod Xushnudbek o‘g‘li, 1997-yil 3-noyabrda tug‘ilgan, Xorazm viloyati Yangiariq tumani “Tagan” QFYda ro‘yxatda turadi.

Rossiyaning vakolatli organlari tomonidan sud-tibbiy ekpertizasi o‘tkazishga qaror qilindi.

Elchixona Sankt-Peterburg va Kolpino shaharlarining tegishli idoralari bilan doimiy aloqada bo‘lib turibti.

Halok bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari to‘g‘risidagi ma’lumot ularning oila-a’zolarini habarbor qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bo‘linmalari va Xorazm vilorati hokimligiga yetkazildi.



Marta o`qilgan: 6610