O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
29 - dekabr 2015

Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiyadan o‘tgan xorijiy OAV vakillariga doir

Davlat muassasalari, kompaniyalar, jamoatchilik tashkilotlarining ko‘plab murojaatlari munosabati bilan shuni xabar qilamizki, 2015-yil 29-dekabr holatiga ko‘ra yetakchi xorijiy axborot agentliklari, telekanallari va boshqa OAV vakillari bo‘lgan 30 ta muxbir va 7 ta muxbirlik punktlari (byuro) Tashqi ishlar vazirligida rasman akkreditatsiyadan o‘tgan.

Mamlakatimizda rasman faoliyat yuritayotgan chet el matbuoti vakillari haqidagi ma’lumot TIV veb-sahifasida tezkor yangilanadi hamda o‘zbekrus va ingliz tillarida e’lon qilinadi. Maxsus bo‘limda esa xorijiy OAV vakillarining O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tish tartibi haqidagi ma’lumot ham joylashtirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati



Marta o`qilgan: 3715