O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
14 - aprel 2015

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmatining bayonoti

O‘zbekiston Respublikasi Eron Islom Respublikasi va Eron yadroviy dasturi bo‘yicha xalqaro vositachilarning “Oltilik guruhi” o‘rtasida 2015-yilning 2-aprel kuni Lozanna shahrida erishilgan “Birgalikdagi keng qamrovli harakatlar rejasining asosiy parametrlari” bo‘yicha kelishuvlarni qo‘llab quvvatlaydi.

Global qurolsizlanish tizimining ajralmas qismi bo‘lgan Markaziy Osiyoda yadroviy quroldan holi hudud to‘g‘risidagi shartnomaning imzolanishi tashabbuskori bo‘lgani holda, O‘zbekiston ommaviy qirg‘in qurollarining to‘liq yo‘q qilinishini qat’iy yoqlaydi hamda jahon hamjamiyatining BMT Nizomi va YQTSh doirasida belgilangan tarqatmaslik tartibini har tomonlama ta’minlashga qaratilgan sa’y-harakatlarini qo‘llab quvvatlaydi.

O‘zbekistonda mazkur doiraviy kelishuv xalqaro tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlanishiga jiddiy hissa qo‘sha oladigan keng qamrovli bitimga erishish uchun mustahkam zamin yaratilishiga umid qiladilar.



Marta o`qilgan: 20391