×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
13:09:31 (GMT +5), yakshanba, 17 - noyabr 2019
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


4 - mart 2014

Ukrainada kechayotgan voqealar yuzasidan “Jahon” axborot agentligining bayonoti

Ukrainada ro’y berayotgan voqealar vaziyatning jiddiy murakkablashuviga hamda o’zaro qarama-qarshilikka olib kelgani barobarida ular tanglikning yanada kuchayishini, oldindan aytish mushkul bo’lgan oqibatlarni keltirib chiqarishi, mamlakat suvereniteti va hududiy yaxlitligiga jiddiy xavf solishi ehtimoli mavjudki, bunday holat O’zbekistonda chuqur xavotir va tashvish uyg’otmasligi mumkin emas.

O’zbekiston Ukrainada yuzaga kelgan vaziyatning bartaraf etilishini eng avvalo, kuch ishlatishlar qo’llanilishidan voz kechilgan holda, vujudga kelgan muammolar tinch yo’l bilan, siyosiy vositalar va sa'y-harakatlardan foydalanilgan tarzda, xalqaro huquqning asosiy me’yorlariga hamda BMT Nizomiga asoslangan holda muzokaralar yo’li bilan hal etilishida ko’radi.

O’zbekiston Ukrainadagi nizoli jarayonda ishtirok etayotgan tomonlar o’rtasida tez fursat ichida o’zaro kelishuvga erishilishi uchun yuksak darajadagi vazminlik va mulohazakorlik namoyon qilinishiga umid bildiradi.    



Muallif: "Jahon" axborot agentligi
Marta o`qilgan: 3044