×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
11:06:25 (GMT +5), chorshanba, 17 - oktabr 2018
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


21 - sentabr 2018

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Pxenyanda boʻlib oʻtgan koreyalararo sammit yakunlari bo‘yicha bayonoti

O‘zbekiston Respublikasi 2018-yil 18-20-sentabr kunlari Pxenyan shahrida boʻlib oʻtgan Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In va KXDR Davlat kengachi Raisi Kim Chen In ishtirokidagi sammitning tarixiy yakunlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Erishilgan kelishuvlar ikki davlat liderlarining konstruktiv aloqalar hamda koreyalararo munosabatlarni sifat jihatdan yangi o‘zaro ishonch, do‘stlik va hamkorlik asosida shakllantirish borasidagi qat’iy qarori va qobiliyatidan guvohlik bermoqda.

O‘zbekiston Markaziy Osiyoda yadro qurolidan holi hududni tashkil etish tashabbuskori sifatida Koreya yarim orolini to‘liq denuklearizatsiya qilish borasidagi tomonlar ko‘rsatgan siyosiy iroda va ularning intilishlarini yuksak baholaydi.

O‘zbekiston Sammitda qabul qilingan Pxenyan Deklaratsiyasi qoidalarining amalda hayotga tatbiq etilishi shubhasiz mintaqada o‘zaro ishonch, mustahkam tinchlik va barqarorni mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonch bildiradi.



Marta o`qilgan: 315