Dolzarb masalalar
- 2019-yil - Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili
- O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi
- Markaziy Osiyo – O‘zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishi
- O‘zbekistonning IHT TIVKga raisligi
- Orol va suv resurslari muammolari
- O‘R xorijdagi diplomatik vakolatxonalarida o‘tkazilgan tadbirlar
-
Хабарҳои Ўзбекистон
TIV Konsullik-huquqiy departamenti axboroti
To‘rt nafar O‘zbekiston fuqarosining Tailandga kiritilmaganligi va ularning Bangkok shahri aeroportida ushlab turilganligi to‘g‘risida qator OAVda chop etilgan maqolalar munosabati bilan Tashqi ishlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamenti 2018-yil 7-sentabr kuni fuqarolar Q.Sa’dullayev, J.Qurbonov, A.Inog‘omov, A.Abdullayev mazkur masala yuzasidan O‘zbekistonning Bangkok shahridagi Bosh konsulxonasiga murojaat qilganini xabar beradi.
Shu kunning o‘zida vaziyatni voqea joyining o‘zida o‘rganish va zarurat bo‘lsa konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatish uchun Bosh konsulxona xodimi Bangkok shahri aeroportiga bordi. Tailand immigratsiya xizmati bo‘linmasining rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur fuqarolarning mamlakatga kirishlariga rad javobi berilishiga ular tomonidan tashrif maqsadi, yashash joyi to‘g‘risida taqdim etilgan ma’lumotlarning shubha tug‘dirgani sabab bo‘lgan.
Hozirgi vaqtda Bosh konsulxona O‘zbekiston fuqarolarini navbatdagi aviareys bilan mamlakatimizga qaytarish uchun Tailand tegishli hokimiyat organlari va “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasi vakolatxonasi bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi.