×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
12:14:45 (GMT +5), yakshanba, 23 - sentabr 2018
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


17 - iyul 2018

O‘zbekiston TIV Konsullik-huquqiy departamenti axboroti

O‘zbekistonning Rossiyadagi Elchixonasi Konsullik bo‘limi tomonidan 1996-yil 28-dekabrda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi Ma’rufjon Zohid o‘g‘li Shakarovga konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatilmoqda. U suiqasd va katta miqdordagi narkotik vositalarni sotish maqsadida saqlashda ayblanmoqda.

Konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatish doirasida Rossiya TIV va Moskva shahrining sud organlariga rasmiy murojaatlar yo‘llandi.

Natijada 2018-yil 14-iyun kuni Moskva shahar sudining jinoyat ishlari bo‘yicha Sud kollegiyasining apellyatsiya ajrimiga ko‘ra M.Z.Shakarovning harakati katta miqdordagi narkotik vositalarni sotish maqsadini ko‘zlamagan holda saqlash deb qayta kvalifikatsiya qilindi, Moskva shahri Preobrajenskiy tuman sudining 2017-yil 13-dekabrdagi hukmi ham o‘zgartirildi: 10 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi o‘rniga 5 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilandi.

2018-yil 14-iyul kuni Elchixona konsullik bo‘limi xodimining Moskva shahar Jazoni ijro etish federal xizmati 1-tergov izolyatori (SIZO-1) rahbariyati bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. Suhbat davomida M.Shakarov ochlik e’lon qilgani va shu munosabat bilan, o‘rnatilgan tartibga ko‘ra, u doimiy videokuzatuv ostidagi alohida kameraga o‘tkazilganligi ma’lum bo‘ldi. Har kuni SIZO rahbariyati u bilan suhbat o‘tkazadi, vrach mahkumni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazadi. Tez tibbiy yordam ko‘rsatishni talab qiluvchi biron bir belgi mavjud emas. Tez orada M.Shakarovning onasi va holasiga u bilan uchrashishlari uchun ruxsat beriladi.

Moskva shahar sudining jinoyat ishlari bo‘yicha Sud kollegiyasi qarorini tasdiqlovchi Moskva shahri Preobrajenskiy tuman sudining hukmi kuchga kirgach, konsullik xodimining M.Shakarov bilan uchrashishiga rozilik berilishi mumkin.

Elchixona Konsullik bo‘limi mazkur masalani nazoratda ushlab turibdi.



Marta o`qilgan: 1050