Dolzarb masalalar
- 2019-yil - Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili
- O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi
- Markaziy Osiyo – O‘zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishi
- O‘zbekistonning IHT TIVKga raisligi
- Orol va suv resurslari muammolari
- O‘R xorijdagi diplomatik vakolatxonalarida o‘tkazilgan tadbirlar
-
Хабарҳои Ўзбекистон
O‘zbekistonning Qozog‘istondagi Elchixonasi axboroti
O‘zbekistonning Qozog‘istondagi Elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra 2018-yil 18-yanvar kuni Aqto‘be viloyati Irg‘iz tumanida “Ikarus” rusumli yo‘lovchi avtobusi yongan mahal unda 55 yo‘lovchi va 2 haydovchi (Qozog‘iston fuqarolari) bo‘lgan. Besh kishi yonayotgan avtobusdan chiqib keta olgan. Bular 2 haydovchi va 3 yo‘lovchi bo‘lib, ulardan ikki nafari O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari (Isakov Ahror, 1988-yil 14-aprelda tug‘ilgan va Mirzaaxmedov Isroiljon, 1980-yil 10-yanvarda tug‘ilgan). Dastlabki ma’lumotga ko‘ra falokat joyida vafot etganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari ham bor.
Aqto‘be viloyati hokimi o‘rinbosari rahbarligida viloyat Favqulodda vaziyatlar departamentida operativ shtab tashkil etilgan. Tezkor telefon raqamlari: +7 7132 56-29-62, +7 7132 56-68-85.
O‘zbekistonning Qozog‘istondagi Elchixonasida tezkor telefon raqamlari tashkil etilgan: tel. + 7 777 218 20 10, elekrton manzil: emb-uzbekistan1@mail.ru.