×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
10:38:51 (GMT +5), chorshanba, 17 - oktabr 2018
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


4 - sentabr 2017

O‘zbekiston Respublikasi TIV bayonoti

O‘zbekiston Koreya Xalq Demokratik Respublikasi tomonidan BMT Xavfsizlik Kengashining rezolyutsiyasini qo‘pol tarzda buzib, 2017-yil 3-sentabrda amalga oshirilgan navbatdagi yadro sinovlarini tashvish bilan qabul qildi.

O‘zbekiston Shimoliy Koreyaning mazkur harakatini Koreya yarimorolida tinchlik va ishonchni o‘rnatishga qaratilgan intilishlarga zid deb hisoblaydi va Pxenyanni jahon hamjamiyati fikriga e’tibor berishga, taranglikni kuchayishiga olib keluvchi hamda mintaqa va jahon xavfsizligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid soluvchi provokatsion harakatlardan tiyilishga chaqiradi.

Markaziy Osiyoda yadroviy quroldan xoli hududni yaratish tashabbuskori sifatida O‘zbekiston yadroviy qurolni tarqatmaslik to‘g‘risidagi Shartnoma qoidalariga qat’iy rioya etish tarafdori bo‘lib, uni qo‘llash tahdidini kamaytirish masalalariga katta e’tibor beradi.

O‘zbekiston Respublikasi jahon hamjamiyatining Koreya yarimorolidagi vaziyatni tartibga solishga qaratilgan chora-tadbirlarini qo‘llab-quvvatlaydi hamda muammoni faqat siyosiy va diplomatik yo‘l bilan hal etilishiga umid bildiradi.



Marta o`qilgan: 2458