×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
06:02:04 (GMT +5), dushanba, 17 - fevral 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


20 dekabr 2019

Milliy siyosat va savdo munosabatlari barqaror rivojlanmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Yaponiyaga birinchi rasmiy tashrifiga bagʻishlab 2019-yil 17-dekabrda “The Japan Times” gazetasida “Milliy siyosat va savdo munosabatlari barqaror rivojlanmoqda” deb nomlangan maxsus maqola chop etildi. Quyida ushbu maqolaning tarjimasi berilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev Prezident etib saylanganidan buyon oʻtgan soʻnggi uch yil davomida ichki va tashqi siyosatda tub islohotlar jarayonini amalga oshirmoqda.

Ijtimoiy va iqtisodiy islohotlar

Mamlakat Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi qabul qilindi. “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” degan gʻoya bu jarayonda asosiy yoʻnaltiruvchi kuch boʻlib xizmat qilmoqda.

Oʻzbekiston Prezidenti inson huquqlari sohasidagi ahvolni yaxshilash, siyosiy mahbuslarni ozod qilish va diniy erkinliklarni taʼminlash borasida muhim chora-tadbirlarni amalga oshirdi.

Hukumat tomonidan kichik va oʻrta xususiy korxonalarni ragʻbatlantirish uchun qator islohotlar oʻtkazildi. Bundan tashqari, paxtachilik, meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish va chorvachilikka ixtisoslashgan qishloq xoʻjaligi korxonalari davlat tomonidan keng qoʻllab-quvvatlanmoqda.

Olib borilayotgan islohotlar natijasida Oʻzbekistondagi investitsiya muhiti, uning jozibadorligi sezilarli darajada yaxshilandi, bu esa yirik va yetakchi xorijiy kompaniyalarni Oʻzbekiston bozoriga yanada faol kirib borishga undadi. Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston tarixida ilk bor investitsiyalarning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 38 foizdan ortganini taʼkidladi. Byudjet daromadlari qariyb 5,86 milliard dollarni tashkil etdi.

2017-yil sentyabr oyidan boshlab Oʻzbekiston oʻz milliy valyutasining erkin konvertatsiya qilinishiga toʻliq oʻtdi. Xalqaro moliyaviy institutlar, Jahon banki, Xalqaro valyuta jamgʻarmasi bilan hamkorlik muvaffaqiyatli rivojlanmoqda, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan sheriklik qayta tiklandi.

Jahon banki va Xalqaro moliyaviy korporatsiya tomonidan har yili tuziladigan “Biznes yuritish” hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingi ancha yaxshilandi – mamlakat 2012-yilgi 166-oʻrindan 2017-yilda 76-oʻringa koʻtarildi.

Tashqi siyosat

Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida Oʻzbekistonda tashqi siyosat sezilarli darajada faollashdi, qoʻshni mamlakatlar bilan munosabatlarda konstruktiv va vazmin siyosat yuritish boshlandi. Tinch va iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan Markaziy Osiyo Oʻzbekiston uchun eng muhim maqsad va tashqi siyosat sohasidagi asosiy ustuvor yoʻnalishdir.

Birgalikdagi saʼy-harakatlar, avvalo, Shavkat Mirziyoyev olib borayotgan siyosat tufayli mintaqada keyingi uch yilda siyosiy ishonch darajasi ancha ortdi. Qisqa vaqt davomida mintaqada mutlaqo yangi siyosiy muhit yaratishga erishildi.

Joriy yil 28-noyabr kuni Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan Markaziy Osiyo mamlakatlari davlat rahbarlarining Maslahat uchrashuvi mintaqadagi barcha davlatlarning oʻzaro hamkorlikni rivojlantirish borasidagi qatʼiy intilishini yana bir bor tasdiqladi hamda mintaqaviy sheriklikni kuchaytirish bilan bogʻliq masalalarni atroflicha muhokama qilish imkonini berdi. Uchrashuvda savdo, iqtisodiyot, investitsiyalar, transport va tranzit, qishloq xoʻjaligi, sanoat kooperatsiyasi, atrof-muhitni muhofaza qilish, energetika, suv resurslari, turizm, ilm-fan va madaniyat sohalarida hamkorlikni yanada taraqqiy ettirishning istiqbolli yoʻnalishlari, shakl va mexanizmlari har tomonlama koʻrib chiqildi.

Bundan tashqari, Prezident Shavkat Mirziyoyev barcha manfaatdor davlatlar bilan oʻzaro samarali hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan yoʻlni belgilab berdi. Oʻzbekiston rahbari AQSH, Rossiya, Xitoy, Germaniya, Fransiya, Turkiya, Janubiy Koreya, Birlashgan Arab Amirliklari va boshqa mamlakatlarga tashrif buyurib, oʻzaro hamkorlikni sezilarli darajada faollashtirish uchun ragʻbatlantiruvchi omil boʻlib xizmat qiladigan samarali muzokaralar olib bordi.

Turizm

Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston Prezidenti etib saylanganidan soʻng milliy iqtisodiyotning ustuvor yoʻnalishlaridan biri sifatida belgilangan turizm salohiyatini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Oʻzbekistonga kelayotgan xorijlik sayyohlar soni keyingi uch yil mobaynida muttasil ortib bormoqda. Istiqbolda – 2023-yilga borib Oʻzbekiston bu koʻrsatkichni 10 millionga yetkazishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan.

Oʻzbekiston ulkan turizm salohiyati va gʻoyat boy madaniy-tarixiy merosga ega. Bu zaminda purviqor togʻlar bilan oʻralgan vodiylar va jazirama sahrolar, qadimiy meʼmoriy obidalari bilan mashhur tarixiy majmualar va zamonaviy megapolislar ajib bir tarzda uygʻunlashib ketgan. Oʻzbekistonda 11 ta milliy tabiiy bogʻlar va davlat qoʻriqxonalari, 12 ta maxsus qoʻriqxona, 106 ta muzey, 37 ta teatr, 187 ta madaniyat va istirohat bogʻi mavjud.

Mamlakatda 7400 ta madaniy meros obyekti asrab-avaylab saqlanmoqda. Ularning 209 tasi toʻrtta shahar-muzeyda – “Xiva shahridagi Ichanqalʼa”, “Buxoro shahrining tarixiy markazi”, “Shahrisabz shahrining tarixiy markazi” va “Samarqand – madaniyatlar chorrahasi” hududida joylashgan boʻlib, YUNESKO Jahon madaniy merosi obyektlari roʻyxatiga kiritilgan.

Oʻzbekiston bosqichma-bosqich 86 davlat fuqarolari uchun vizasiz tartibni joriy etdi, 77 davlat fuqarolari uchun viza berishning soddalashtirilgan tartibini qoʻllamoqda, 54 mamlakat fuqarolari uchun esa, agar ular Oʻzbekiston hududi orqali tranzit tarzida oʻtayotgan boʻlsa, soddalashtirilgan tartibda viza olish huquqi berilgan.

2018-yilda oʻzbek milliy taomlari “National Geographic” jurnalining “Gastronomik turizm” nominatsiyasida birinchi oʻrinni egalladi, Oʻzbekiston koʻplab xorijiy nashrlar, jumladan, “The New York Times”, “The Guardian”, “Lovely Planet” tomonidan sayohat uchun eng jozibador va qiziqarli yoʻnalish sifatida eʼtirof etilmoqda.

Oʻzbekiston – Yaponiya munosabatlari

Yaponiya 1991-yil 28-dekabr kuni Oʻzbekiston mustaqilligini tan oldi. Diplomatik munosabatlar 1992-yil 26-yanvarda oʻrnatildi. Ushbu munosabatlar 2002-yil 29-iyulda strategik sheriklik darajasiga koʻtarildi.

Yaponiya Oʻzbekiston uchun vaqt sinovidan oʻtgan ishonchli va muhim strategik sherikdir. Oʻzaro munosabatlar surʼati tomonlarning manfaatli va teng huquqli hamkorlikni yanada faollashtirish va kengaytirishga tayyor ekanini koʻrsatmoqda. Oʻzbekiston xalqaro tashkilotlar doirasida BMTning turli tuzilmalariga koʻrsatilgan Yaponiya nomzodini doimiy ravishda qoʻllab-quvvatlab kelmoqda. Tokioning tashabbusi bilan 2004-yilda mintaqa mamlakatlari bilan hamkorlikni chuqurlashtirish maqsadida tashkil etilgan “Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqoti ikki tomonlama hamkorlikning muhim mexanizmidir.

Oʻzbekistonda 1999-yildan boshlab turli loyihalarni amalga oshirishga, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari va jamoatchiligi oʻrtasida muloqotni yoʻlga qoʻyishga koʻmaklashayotgan Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) va Yaponiya tashqi savdo tashkiloti (JETRO)ning mintaqaviy ofislari, shuningdek, Oʻzbekiston – Yaponiya markazi faoliyat koʻrsatmoqda. Yaponiyaning moliyaviy-texnik koʻmagi bilan Oʻzbekistonda sogʻliqni saqlash, taʼlim, energetika, transport, telekommunikatsiyalar va boshqa yoʻnalishlarda bir qator ijtimoiy ahamiyatga molik hamda infratuzilmaviy loyihalar amalga oshirildi.

Savdo-iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishda Iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Oʻzbekiston – Yaponiya va Yaponiya – Oʻzbekiston qoʻmitalari katta rol oʻynamoqda. Qoʻmitalarning 15-qoʻshma majlisi 2019-yil iyul oyida Tokioda boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekistonda bugungi kunda Yaponiyaning Marubeni, Mitsubishi, JOGMEC, Toyota Tsusho, Itochu, Isuzu va boshqa yetakchi kompaniyalari faoliyat yuritmoqda.

Bu boradagi hamkorlikka “Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik jamiyati va Yaponiyaning Isuzu kompaniyasi sherikligi misol boʻlib xizmat qiladi. Isuzu agregatlari bazasida Oʻzbekistonda qariyb 12 mingta avtobus va 17 mingdan ziyod yuk avtomobillari ishlab chiqarildi. Yuk avtomobillarining tabiiy gazda harakatlanadigan yangi modellarini ishlab chiqarish oʻzlashtirildi. Modellar qatorini yangilash, mahalliylashtirish darajasini chuqurlashtirish hamda Yaponiyaning ilgʻor texnologiyalari va ishlab chiqarish jarayonlarini joriy etishga katta ahamiyat berilmoqda.

Xalqlarimiz oʻrtasidagi aloqalar koʻp asrlik tarixga ega boʻlib, Buyuk ipak yoʻli eng ravnaq topgan davrlarga borib taqaladi. Bu hamkorlik nafaqat YUNESKO Jahon madaniy merosi roʻyxatiga kiritilgan Samarqand, Buxoro, Xiva kabi qadimgi va hozirgi kunga qadar saqlanib kelayotgan shaharlar orqali savdo-sotiq bilan, balki boshqa qadimgi sivilizatsiya markazlari – Yaponiyaning Nara va Kioto kabi tarixiy shaharlari orqali madaniy va gumanitar almashinuvlar vositasida mustahkamlanib kelgan. Shu davrdan boshlab Oʻzbekiston va Yaponiya oʻrtasida bugungi kunda ham xalqlarimizning mushtarak mentalitetini belgilaydigan ijtimoiy-madaniy aloqalar rivoj topdi. Yaponiyalik arxeolog olim Kyudzo Katoning tadqiqotlari tufayli Oʻzbekiston buddaviylik markazlaridan biri boʻlgani, ushbu taʼlimot Yaponiyaga miloddan avvalgi II asrdan boshlab aynan bugungi Oʻzbekiston hududi orqali kirib kelgani isbotlandi.

1999-yilda “Oʻzbekiston – Yaponiya” doʻstlik jamiyati taʼsis etildi, uning asosiy sheriklari “Yaponiya – Oʻzbekiston” doʻstlik assotsiatsiyasi va “Fukusima – Oʻzbekiston” madaniy-iqtisodiy hamkorlik uyushmasidir. 2001-yilda Toshkentdagi “Oʻzekspomarkaz” milliy koʻrgazmalar majmuasi hududida Yapon bogʻi ochildi. Bu yerda minglab sakura daraxtlari ekilgan boʻlib, ular gurkirab oʻsmoqda.

Oʻzbekistonda yapon filmlari, badiiy koʻrgazmalar, yaponiyalik sanʼatkorlarning konsert va spektakllarini namoyish etishni qamrab olgan madaniy tadbirlar dasturi yildan-yilga kengayib bormoqda. 



Автор: O'zA
Просмотров: 549