×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
05:29:06 (GMT +5), dushanba, 17 - fevral 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


3 dekabr 2019

Toshkentda o‘tgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvi: kelajak sari yana bir qadam

Toshkent shahrida 29-noyabr kuni Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi Maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Bunday uchrashuvlar odatiy ko‘p tomonlama muzokaralardan tubdan farq qilib, global darajada ro‘y berayotgan tizimli o‘zgarishlar, mintaqada shakllanayotgan xalqaro jarayonlarning yangi bosqichidan darak beradi.

Murakkab vaziyat, beqarorlik, o‘zaro ishonchning susayishi, turli nizolar avj olishi, terrorizm xavfining ortishi kuzatilayotgan bugungi dunyoda barqaror va izchil taraqqiyotga erishishga intilayotgan mamlakat va mintaqalarning xalqaro miqyosdagi roli mustahkamlanib bormoqda.

Ana shunday mintaqa sifatida mushtarak tarix va madaniyatga ega Markaziy Osiyo davlatlarida mavjud imkoniyatlardan to‘laqonli foydalanish, istiqbolda mintaqaviy hamkorlikning samarali modelini yaratish, uni dunyoga taqdim etish imkoniyatini beruvchi zamonaviy mexanizmlarga zarurat tug‘ilmoqda.

Bunday sharoitda o‘zaro ishonchga asoslangan muloqot, siyosiy maslahatlashuvlar va amaliy hamkorlikning dolzarbligi ortmoqda. Bu Markaziy Osiyo davlatlarining turli tahdidlarga qarshi turish va yaratilayotgan imkoniyatlardan foydalanishda manfaatdorlikning mavjudligi bilan izohlanadi.

Qayd etish joiz, Markaziy Osiyo ko‘p qirrali hamkorlik va integratsiya jarayonini rivojlantirish yo‘lidan bormoqda. Ushbu intilishlar o‘zgarishlar talabini siyosiy kun tartibiga olib chiqqan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan taklif etildi va hayotga izchil tatbiq etilmoqda.

Qisqa tarixiy fursatda qo‘shni davlatlar bilan chegara, suv kabi qator og‘riqli muammolarga birgalikda yechim topishga erishildi. Shu tariqa hududni keng ko‘lamli o‘zgarish va yangilanishlar maydoniga aylantirish uchun zamin yaratildi.

Markaziy Osiyoda xalqaro munosabatlarning joriy bosqichi va yaqin iqtisodiy hamkorlik aloqalarining yangi shaklini maqbul yo‘nalish sifatida qayd etish mumkin. Markaziy Osiyoda milliy davlatchilikni mustahkamlash mintaqani siyosiy va iqtisodiy jihatdan fragmentlashtirish tendensiyasini keltirib chiqarmoqda. Natijada boy inson kapitali, resurslariga ega yirik davlatlar va ayni paytda ma’lum bir qo‘llab-quvvatlashga ehtiyoj sezayotgan mamlakatlar shakllanib bormoqda. Munosabatlarning yangi mexanizmi esa hamkorlikni kengaytirish va milliy dasturlarni muvofiqlashtirish orqali yuqoridagi holatni muvozanatga solishi mumkin.

Bugungi kuchli raqobat muhitida Markaziy Osiyo davlatlari xalqaro maydonda yagona kuch sifatida chiqishlari va o‘z manfaatlarini birgalikda himoya qilishlari istiqbolli hisoblanadi. Davlat rahbarlarining Maslahat uchrashuvlari esa Markaziy Osiyo davlatlariga bu boradagi maqsadlarni ro‘yobga chiqarishga qaratilgan salohiyatdan samarali foydalanish imkonini beradi.

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari Maslahat uchrashuvlari natijalariga qaytadigan bo‘lsak, bu mintaqada ko‘p qirrali hamkorlikka yo‘naltirilgan yagona qarashni ilgari surishdek vazifani muvaffaqiyatli amalga oshirish imkonini bermoqda. Aslini olganda, hamkorlik uchun umumiy qarash va yondashuvning mavjudligi amaliy harakatlar uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Toshkentda o‘tgan navbatdagi maslahatlashuvni ham ana shunday qarashni shakllantirishga qo‘shilgan munosib hissa sifatida qayd etish mumkin.

Uning doirasida savdo, iqtisodiyot, investitsiyalar, transport va tranzit, qishloq xo‘jaligi, sanoat kooperatsiyasi, atrof-muhit muhofazasi, energetika, suv resurslari, turizm, ilm-fan va madaniyat sohalaridagi hamkorlikni yanada rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari, shakl va mexanizmlari atroflicha ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qator muhim tashabbuslar ilgari surildi. Xususan, butun mintaqada jadal taraqqiyot va raqobatbardoshlikni ta’minlashning ustuvor vazifalari sifatida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya va energetika sohalaridagi vazifalarni amalga oshirishga bor kuch va imkoniyatlarni safarbar etish zarurligi qayd etildi. Toshkentda Markaziy Osiyo mamlakatlarining investitsiyaviy forumini o‘tkazish taklifi yana bir bor ilgari surildi.

Savdo-sanoat palatalarining muntazam uchrashuvlarini o‘tkazish g‘oyasi mintaqaviy hamkorlikning asosiy drayveri bo‘ladigan kichik va o‘rta biznes taraqqiyotini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Markaziy Osiyoda zamonaviy ishlab chiqarish infratuzilmasi va transport yo‘laklari tizimini yaratish ham dolzarb vazifa. Zero, Markaziy Osiyo dengiz yo‘llariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish imkoniyati cheklangan mintaqadir. Markaziy Osiyo mamlakatlarining xorijiy davlatlar bilan aloqalarni rivojlantirishi dunyoga chiqish imkonini taqdim etish bilan birga, mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash uchun muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Toshkentning mintaqada zamonaviy energetika infratuzilmasini yaratish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish tashabbuslarini alohida qayd etish joiz. Ilgari mavjud bo‘lgan muammolar hisobga olinsa, bu taklifni inqilobiy deb atash mumkin.

Mintaqaning tashqi dunyo uchun ochiqligi, ko‘p tomonlama muvofiqlashtirish va kooperatsiya tuzilmalarini shakllantirish uchun xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan aloqalarni diversifikatsiya qilishga tayyorligi Maslahat uchrashuvida alohida e’tibor qaratilgan muhim masalalardan biri bo‘ldi.

Umuman olganda, Markaziy Osiyo davlatlari mamlakatlararo hamkorlikning yangi andozasini ishlab chiqish va tanishtirish bo‘yicha barcha asoslariga egadirlar. Ushbu mintaqada o‘z madaniyati va urf-odatlarini asrab-avaylaydigan zamonaviy davlatlar shakllangan. Mazkur mamlakatlar bebaho boylik sifatida tarixiy, madaniy-etnik mushtaraklikdan umumiy manfaatdorlik asosida foydalanish imkonini beruvchi o‘zaro ishonchga ega.

Markaziy Osiyo davlatlari, xususan, Tojikiston ichki, biroq internatsionallashgan to‘qnashuvlarni siyosiy tartibga solishda o‘ziga xos andoza bo‘la oladi. Bu boshqa zamonaviy nizolarni tartibga solishda muhim ahamiyat kasb etadi. Jumladan, afg‘on mojarosini hal etishda ham.

Afg‘onistonda davom etayotgan beqarorlik yirik infratuzilma loyihalarini ishga tushirishga to‘sqinlik qilayotgan omillardan biridir. Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirishda ishtirok etish yangi imkoniyatlar eshigini ochishi mumkin. Shu bois Toshkentda o‘tkazilgan Maslahat uchrashuvi yakuni bo‘yicha qabul qilingan hujjatda aynan masala haqida so‘z boradi.

Xulosa sifatida aytish mumkinki, Markaziy Osiyoda hamkorlik bo‘yicha yangi ufqlar ochilmoqda. Shu tariqa ularni amalga oshirish, loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va yangi amaliy mazmun bilan boyitish zarurati tug‘iladi. Bu esa yangi uchrashuv va maslahatlashuvlar, fikr almashishlar davom etishini anglatadi.

Irina Zvyagelskaya, Rossiya Fanlar akademiyasi Jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar

institutining Yaqin Sharq tadqiqotlari markazi rahbari, tarix fanlar doktori, professor



Автор: O'zA
Просмотров: 486