×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
07:49:31 (GMT +5), payshanba, 19 - sentabr 2019
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


4 iyun 2019

Insonparvarlikning yuksak namunasi

Mamlakatimizda bugungi kunda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, ulkan bunyodkorlik, ma’naviy sohadagi tub o‘zgarishlar zamirida azaldan xalqimizga xos bo‘lgan bag‘rikenglik va kechirimlilik fazilatlari mujassam.

Shahar va qishloqlarimizning qiyofasini yanada obod qilish, yangi ishlab chiqarish va ijtimoiy ob’ektlarni barpo etish bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Bulardan ko‘zlangan yagona maqsad –xalqimiz farovonligini yuksaltirish, aholiga munosib turmush sharoitini yaratishdan iborat.

Mana shunday yangilanish jarayonlarida faol ishtirok etayotgan fuqarolarimiz bilan bir qatorda, hayot yo‘llarida adashib, hozirgi vaqtda xatolaridan to‘g‘ri xulosa chiqargan yurtdoshlarimizga mamlakatimiz ravnaqiga hissa qo‘shish uchun yana bir bor imkoniyat berish – jamiyatimizning insonparvarlik va adolat tamoyillariga uyg‘un va hamohangdir.

Ma’lumki, jinoyat sodir etgan shaxs nafaqat o‘zining, balki farzandlari, ota-onasi, qavmu qarindoshlarining ham kelajagi va taqdiriga ta’sir o‘tkazmasdan qolmaydi. Ozodlikdan mahrum bo‘lgan kishi aziz farzandlarini o‘z mehridan ayirib, ota-onalarini ham ayriliq dog‘iga mubtalo qiladi.

Shu sababli, xato qilgan va bugungi kunda qilmishiga chin dildan pushaymon bo‘lgan shaxslarni kechirish – yuksak insonparvarlik namunasi bo‘lib, u yaqin insonini iztirob va intizorlik bilan kutayotgan butun bir oilani yangidan hayotga qaytarish bilan barobardir.

Ana shu holatlarni inobatga olib, bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev muborak Ramazon hayitini nishonlash arafasida davlatimiz gumanistik siyosatining hamda xalqimizga xos ezgulik va mehr-oqibat, kechirimli bo‘lish kabi olijanob fazilatlarning amaliy tasdig‘i sifatida "Jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida"gi Farmonni imzoladi.

Mazkur insonparvarlik akti – davlatimizning har qanday holatda ham fuqarolar uchun g‘amxo‘rligining yorqin misolidir.

Zero, jinoyatga qo‘l urgan, boshi devorga tekkandan so‘ng adashganligini tushunib yetgan odamlarni afv etish – muqaddas dinimizning ham asosiy arkonlaridan biri sanaladi.

Farmonga muvofiq, sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum qilish joylarida jazo o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan 575 nafar fuqaro afv etildi.

Ularning 361 nafari jazodan to‘liq ozod qilinib, ota-onasi, farzandlari va yaqinlari bag‘riga kaytariladi, shuningdek, 214 nafar shaxsning ozodlikdan mahrum etish jazo muddatlari qisqartiriladi.

Afv etilganlarning 7 nafarini 60 yoshdan oshgan shaxslar, 6 nafarini ayollar, 1 nafarini chet el fuqarosi tashkil etadi.

Davlatimiz rahbari Farmonda qayd etganidek, jinoyat sodir etgan shaxslarni faqat jazolash emas, balki "Jaholatga qarshi ma’rifat" g‘oyasi asosida qayta tarbiyalash, ularning o‘z halol mehnati bilan jamiyatda munosib o‘rin egallashi uchun barchamiz birdek mas’ulmiz.

Shunga ko‘ra, Farmon ijrosini ta’minlash maqsadida afv etilgan shaxslarning ijtimoiy moslashuvi, ularni foydali mehnatga jalb etish va sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yishiga ko‘maklashish yuzasidan mas’ul vazirliklar, idoralar va hokimliklarga tegishli topshiriqlar berildi.



Автор: “Xalq so‘zi” gazetasi
Просмотров: 328