×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
07:14:18 (GMT +5), payshanba, 19 - sentabr 2019
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


29 yanvar 2019

«Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida O’zbekiston tashqi siyosatida yuksalish ro‘y bermoqda»

Iqtisodiyot va moliya bo‘yicha nufuzli “El Mundo Financiero.com ” (Ispaniya) xalqaro jurnalida shunday sarlavhali maqola e’lon qilindi. Uning muallifi qirol Xuan Karlos nomidagi universitet professori Karlos Uriartedir. Olimning qayd etishicha, Shavkat Mirziyoyev Prezidentlik lavozimiga kirishganidan so‘ng O‘zbekistonda mamlakatni faol rivojlantirish va modernizatsiya qilishga qaratilgan ulkan islohotlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, tashqi siyosatda ham tub ijobiy o‘zgarishlar kuzatilyapti. K.Uriartening aytishicha, O‘zbekiston ko‘shnilar bilan munosabatlarda yangi yo‘nalish tashabbusi bilan chiqdi. Tinchlik, yaxshi ko‘shnichilik, hamkorlik va mintaqaviy barqarorlikni mustahkamlash uning asosini tashkil etadi.

O‘zbekiston yetakchisining 2018-yilda AQSh va Fransiya hamda boshqa davlatlarga amalga oshirgan tashriflari uning nafaqat yaqin xorijdagi, balki G’arbdagi yirik iqtisodiy ilg‘or mamlakatlar bilan ham ikki tomonlama sheriklikni kengaytirish istagi borligidan dalolat beradi.

O‘tgan yil iyun oyida Shavkat Mirziyoyev ShHT sammiti doirasida XXR Raisi Si Szinpin bilan uchrashdi. 2018-yilning 30-sentabr — 1-oktabr kunlari O‘zbekiston Prezidenti Hindistonga davlat tashrifi bilan bordi. Oktabr oyida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin O‘zbekistonga keldi. Binobarin, muallif o‘tgan yillardagi muhim voqealarni sanab o‘tadi.

Ekspertning fikricha, Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 9-iyun kuni Ostonada bo‘lib o‘tgan ShHT sammitidagi ishtiroki doirasida Ispaniya Qiroli Filipp VI bilan uchrashuvi ikki tomonlama aloqalar ravnaqiga xizmat qildi.

Oxirgi uch yilda O‘zbekiston xalqaro maydonda alohida e’tirofga sazovor bo‘ldi. Karlos Uriarte AQShning O‘zbekistonni “alohida xavotir uyg‘otadigan davlatlar ro‘yxati”dan chiqarish to‘g‘risidagi qarorini muhim muvaffaqiyatlardan biri sifatida e’tirof etgan. O‘z navbatida, diniy erkinlik sohasida erishilgan yutuqlar ham ta’kidlab o‘tilgan. “O‘zbekiston faoliyat ko‘rsatish, integratsiya qilish va hamjihatlik borasida namuna bo‘ladigan ko‘p millatli va ko‘p konfessiyali respublikadir”, deya urg‘u beradi muallif.

Shavkat Mirziyoyevning yangi siyosati dunyo kun tartibiga ijobiy g‘oyalar olib kirganini ta’kidlaydi muallif. Ular muvaffaqiyatli amalga oshirilyapti.

Jumladan, 2018-yil 27-noyabr kuni BMTning Orolbo‘yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘p sheriklik trast fondi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. U Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan yaratildi.

Orol dengizi dunyoda kattaligi bo‘yicha qachonlardir to‘rtinchi o‘rinda turardi. Biroq sobiq ittifoq davrida suv resurslaridan nooqilona foydalanish oqibatida suv hajmi 80 foizdan ziyodga kamayib ketdi. Natijada bu mintaqada ekologik halokat va ijtimoiy muammolarga olib keldi.

O‘zbekiston nafaqat o‘zi o‘rnak bo‘lgan va tashabbus ko‘rsatgan holatda ko‘plab moliyaviy resurslarni taqdim etdi, balki BMTga a’zo boshqa davlatlarni global ekologik inqiroz oqibatlarini yumshatish yo‘lida birlashish hamda unda ishtirok etishga chaqirdi.

2018-yil 12-dekabr kuni BMT Bosh Assambleyasi tomonidan “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” rezolyutsiyasi qabul qilindi. Bu ham O‘zbekiston yetakchisi tomonidan ilgari surilgan tashabbusning amaliy natijasidir. Ellikdan ziyod davlatlar mazkur rezolyutsiyaning hammuallifi bo‘ldi. Uni BMTga a’zo barcha mamlakatlar bir ovozdan qo‘llab-quvvatladi. Bu Prezident Shavkat Mirziyoyevning tinchlik, o‘zaro hurmat, bag‘rikenglik va integratsiyani ilgari surishga qaratilgan tashabbuslarining xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olinishidir. Binobarin, bundan ko‘zlangan maqsad diniy erkinlikni ta’minlash, bu boradagi huquqlarni himoya qilishdir.

“Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlash bo‘yicha mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash” rezolyutsiyasining qabul qilinishi O‘zbekiston tomonidan ilgari surilgan Markaziy Osiyodagi ijobiy jarayonlarning xalqaro hamjamiyat tomonidan e’tirofiga aylandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat rahbari bo‘lganiga qariyb ikki yildan ortiq vaqt o‘tganiga qaramasdan, ham milliy, ham xalqaro munosabatlar sohasida muhim islohotlar ro‘yobga chiqarildi, deya to‘xtalib o‘tadi muallif. Professor Karlos Uriarte Ispaniya va O‘zbekiston hamkorlikni faollashtirishiga umid bildiradi. Bu esa Ispaniyada navqiron, barqaror va to‘liq, imkoniyatlarga ega mamlakat elchixonasi ochilishiga xizmat qiladi. 

Iqtisodiyot va moliya bo‘yicha “El Mundo Financiero.com ” xalqaro jurnali (Ispaniya)



Автор: “Xalq so‘zi” gazetasi
Просмотров: 641