×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
08:00:44 (GMT +5), payshanba, 19 - sentabr 2019
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


16 yanvar 2019

Pokistonda Oʻzbekiston Davlat bayrami nishonlandi

2019-yil 14-yanvar kuni Pokiston Islom Respublikasi oliy harbiy qoʻmondonligi tashabbusi bilan mamlakat Qurolli Kuchlari Birlashgan shtabida ikki tomonlama munosabatlar amaliyoti va tarixida ilk bor Oʻzbekiston davlat bayrami – Vatan himoyachilari kuni tantanali ravishda nishonlandi.

Tadbir yuqori darajada tashkil etildi. Birlashgan shtab tantanalar maydonida Oʻzbekiston elchixonasi delegatsiyasini xalqaro harbiy hamkorlik boʻyicha direktorat bosh direktori general-mayor Muhammad Shafiq va uning oʻrinbosarlari kutib oldi.

Faxriy qorovul saf tortdi. Tadbir ishtirokchilari harbiy orkestr sadolari ostida tantanalar zaliga yoʻl oldi. Binoga kiraverishda Oʻzbekiston va Pokiston davlat bayroqlari oʻrnatildi.

Tadbir doirasida Pokiston tomoni Oʻzbekistonning boy oʻtmishi, iqtisodiy va harbiy salohiyati haqida hikoya qiluvchi videotaqdimot oʻtkazdi. Unda Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, uning yaqin qoʻshnichilik tamoyillariga ogʻishmay rioya qilishi Pokiston bilan Oʻzbekiston oʻrtasidagi koʻp qirrali, jumladan, xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni faollashtirishga zamin yaratgani alohida qayd etildi.

Taqdimot davomida Pokiston bilan Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari oʻrtasida harbiy va harbiy-texnikaviy hamkorlik sohasidagi soʻnggi yutuqlar haqida ham batafsil maʼlumot berildi.

Pokiston vakillari tomonidan bunday tadbir mamlakat Qurolli Kuchlari Birlashgan shtabi tarixida ilk bor oʻtkazilayotgani qayd etildi. Shtablar boshliqlari birlashgan qoʻmitasi raisi general Zubayr Hayot qaroriga koʻra bunday tadbirni nishonlash amaliyoti aynan Pokiston bilan yaqin tarixiy-madaniy aloqalar orqali bogʻlangan Oʻzbekistondan boshlangani muhim ahamiyatga ega. Bu, shuningdek, mamlakatimizning nufuzi ortib borayotgani, Pokiston bilan Oʻzbekiston oʻrtasidagi harbiy-siyosiy aloqalarning yuksak darajasi, koʻp qirrali hamkorlikning yuqori rivojlanish surʼatlaridan dalolatdir. Pokiston generalligi Oʻzbekistonning jadal taraqqiyot surʼatlari, izchil rivojlanayotgan iqtisodiyoti va uning mintaqa, ayniqsa, Afgʻonistondagi vaziyatni barqarorlashtirishdagi rolini yuksak baholashi qayd etildi.

Markaziy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlikning yangi va samarali tuzilmasi Oʻzbekiston Prezidenti rahnamoligida barpo etilayotgani taʼkidlandi. Xususan, oʻtgan yili Toshkentda oʻtkazilgan Afgʻoniston boʻyicha xalqaro konferensiya, shuningdek, Oʻzbekistonning mazkur yoʻnalishdagi saʼy-harakatlari dunyo mamlakatlarining afgʻon muammosiga oid qarashlarini oʻzgartirishga turtki boʻldi, bu maʼlum darajada mintaqadagi vaziyatni sogʻlomlashtirishga xizmat qildi.

Oʻzbek diplomatlari ham Pokiston jamiyati, jumladan, harbiy qoʻmondonlik Oʻzbekistonning boy tarixiy-madaniy merosini yuksak hurmat-ehtirom bilan tilga olishini, Samarqand va Buxoro shaharlariga tashrif buyurish esa yuksak sharaf ekanini qayd etdi.

Mazkur tadbir haqida maʼlumot bergan Pokiston yetakchi ommaviy axborot vositalarining taʼkidlashicha, bugun hamkorlikni yanada mustahkamlash uchun yangi imkoniyatlar ochilmoqda. Oʻzbekiston davlat bayrami – Vatan himoyachilari kuniga koʻrsatilgan ehtirom Pokiston bilan Oʻzbekiston oʻrtasidagi munosabatlarning yangi bosqichidan dalolat berib, tomonlar birodar xalqlarimiz oʻrtasidagi aloqalarni doʻstlik asosida rivojlantirishga tayyor ekanini tasdiqladi.



Автор: O'zA
Просмотров: 1107