×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
14:58:29 (GMT +5), chorshanba, 14 - noyabr 2018
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


6 noyabr 2018

Dolzarb qonun loyihalarida fuqarolar manfaatlari aks etmoqda

Yangi tahrirdagi “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi hamda “O‘zbekiston Respublikasining Konsullik ustaviga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihalari Qonunchilik palatasida birinchi o‘qishda qabul qilingan bo‘lib, hozirgi vaqtda ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqishga tayyorlangan.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi tomonidan “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan kengaytirilgan yig‘ilish mazkur qonun loyihalarining keng jamoatchilik muhokamasiga bag‘ishlandi. Unda deputatlar, qonun loyihalari bo‘yicha ishchi guruh a’zolari, Tashqi ishlar vazirligining mas’ul xodimlari, ekspertlar, olimlar, nodavlat tashkilotlar hamda jurnalistlar qatnashdi.

Tadbirda ishtirokchilar tomonidan muhokama qilinayotgan qonun loyihalarining o‘ta dolzarbligi ta’kidlandi. Ayniqsa, mazkur hujjatlarning qabul qilinishi sohada mavjud bo‘lgan qator qonunchilik hujjatlaridagi protseduraga oid masalalarning birlashtirilishi bilan qonunlardagi normalarning "to‘g‘ridan-to‘g‘ri" amal qilinishiga erishilishini ta’minlashi alohida aytib o‘tildi.

Chunonchi, “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi qonun loyihasida ishlatiladigan tushunchalarni bir xilda talqin qilish maqsadida 1969-yildagi Vena konvensiyasi hamda xorijiy davlatlarning qonun ijodkorligi amaliyotida foydalanilgan tushunchalarni inobatga olgan holda loyiha matni “tushunchalar apparati” bilan to‘ldirilgan. Deputatlarning fikricha, har bir shartnoma loyihasiga tushuntirish xati tayyorlanishi bo‘yicha yangi talablar kiritilgan bo‘lib, amaliyotda ular ishlab chiqilayotgan hujjatlar sifatini yanada oshirishga hamda mamlakat uchun faqatgina amaliy ahamiyat kasb etadigan shartnomalarning tuzilishiga asos yaratadi. Xalqaro shartnomalarni huquqiy, iqtisodiy, moliyaviy, ilmiy, ekologik va lingvistik, shuningdek, boshqa turdagi ekspertizadan o‘tkazish mexanizmlari belgilangan bo‘lib, ular bitimlar tuzishning oqibatlarini har tomonlama va chuqur o‘rganish, ularning sifatini baholash, mamlakatning u yoki bu hujjatlardagi ishtirokining asosliligi, dolzarbligi va huquqiyligini aniqlashga xizmat qiladi.

Hujjatda Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro shartnomalarning bajarilishi bo‘yicha monitoring olib borish mexanizmi ham kengaytirilgan. Qayd etib o‘tilganidek, ushbu qoida davlat organlarining xalqaro shartnomalar sohasidagi ishini muvofiqlashtirish bo‘yicha mamlakat tashqi siyosiy idorasi faoliyatining samaradorligini yanada oshirish imkonini beradi. Shuningdek, unda respublika davlat organlari tomonidan xalqaro shartnomalar shartlarining boshqa ishtirokchilar bajarmasligi yoki lozim darajada bajarmasligi aniqlangan holatlar to‘g‘risida darhol Tashqi ishlar vazirligiga axborot berish bo‘yicha qoidalar kiritilgan bo‘lib, bular bunday harakatlarga qarshi o‘z vaqtida va lozim darajada chora ko‘rishga ko‘maklashadi.

Yig‘ilishda Konsullik ustavi loyihasiga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar qizg‘in muhokama etildi.

Mazkur hujjat konsullik mansabdor shaxsi, shuningdek, faxriy konsulning huquqiy maqomi, ularni tayinlash va lavozimidan ozod qilish tartibi belgilanishi hamda amalga oshiriladigan konsullik funksiyalarini tartibga solishni ko‘zda tutadi. Unda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining repatriatsiyasi hamda pasport va boshqa harakatlanish hujjatlari yo‘qotilgan yoxud muddati o‘tgan taqdirda qaytish uchun guvohnoma berish hamda yashash uchun zaruriy mablag‘larsiz qolgan mamlakatimiz fuqarolariga ko‘maklashish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilanmoqda.

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi a’zolari ushbu qonun loyihalarining qabul qilinishi yurtimizning milliy manfaatlarini himoyalash, xalqaro shartnoma va kelishuvlarni samarali ijrosini ta’minlash hamda chet eldagi O‘zbekiston fuqarolarining huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga xizmat qilishini ta’kidladilar.

Konstruktiv ruhda o‘tgan tadbirda qonun loyihalarini yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar bildirildi.

“Xalq so‘zi” gazetasi, 2018-yil 6-noyabr.



Просмотров: 63