×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

+998 71-233-80-98


Elektron-pochta: info@mfa.uz


Konsullik-huquqiy departanmenti

+998 71-236-27-07 (viza masalalari)

+998 71-233-36-03, +998 71-233-67-23 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

+998 71-236-37-54 (pasport bo‘limi)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
23:35:33 (GMT +5), chorshanba, 8 - iyul 2020
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


16 - aprel 2016

ShHT va Armaniston o‘rtasida muloqot bo‘yicha sheriklik to‘g‘risidagi Memorandum imzolandi

2016-yilning 16-aprel kuni Pekin shahrida ShHT Bosh kotibi Rashid Alimov va Armaniston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Edvard Nalbandyan Armaniston Respublikasiga Shanxay hamkorlik tashkilotining muloqot bo‘yicha sherigi maqomini taqdim etish to‘g‘risidagi Memorandumni imzoladilar.


ShHT Kotibiyatida bo‘lib o‘tgan marosim chog‘ida tashkilotga a’zo davlatlar dimlomatik vakolatxonalari rahbarlari ishtirok etdilar.

ShHTning 2008-yil 28-avgustdagi Muloqot bo‘yicha sherik maqomi to‘g‘risidagi nizom hamda tashkilot doirasida amal qiladigan boshqa xalqaro shartnomalar va hujjatlarga ko‘ra tomonlar Memorandumda hamkorlikning o‘zaro manfaatli asosiy yo‘nalishlari belgilandi.

Mazkur Memorandum imzolangan sanadan e’tiboran kuchga kirdi.

Shu tariqa ShHTga a’zo davlatlar rahbarlari Kengashining qator davlatlarga tashkilotning muloqot bo‘yicha sherigi maqomini taqdim etish to‘g‘risida 2015-yil 10-iyuldagi qarorlari to‘liq amalga oshirildi. Ilgariroq O‘zbekistonning ShHTdagi raisligi doirasida Kambodja Qirolligi, Ozarbayjon Respublikasi, Nepal Federativ Demokratik Respublikasi bilan tegishli memorandumlar imzolangan edi.

Hozirgi kunda ShHT 6 ta a’zo davlat (Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston), 6 ta kuzatuvchi davlat (Afg‘oniston, Belorus, Hindiston, Eron, Mo‘g‘uliston va Pokiston) va 6 ta muloqot bo‘yicha sherik davlatni (Ozarbayjon, Armaniston, Kambodja, Nepal, Turkiya va Shri-Lanka) o‘z ichiga oladi.



Просмотров: 43582