×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
22:10:20 (GMT +5), shanba, 19 - oktabr 2019
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


20 - sentabr 2019

Markaziy saylov komissiyasi: saylov kampaniyasi boshlandi

O‘zbekiston katta siyosiy jarayon - Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy kengashlar deputatlari saylovi arafasida turibdi. Saylovlar mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar, yaqin va olis istiqbol uchun belgilab olinadigan strategik taraqqiyotning dasturiy vazifalarini amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Xalqaro matbuot markazida 2019-yil 20-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi majlisi ana shu yirik voqeaga bag‘ishlandi.

Majlisda Markaziy saylov komissiyasi 2019-yil 22-dekabrni - O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy kengashlar deputatlari saylovi kuni deb belgiladi. Saylov kampaniyasi 20-sentabrdan boshlanishi e’lon qilindi.

Majlisda, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy kengashlar deputatlari saylovini o‘tkazish bo‘yicha asosiy tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Tadbirda taraqqiyotining yangi, demokratik bosqichiga qadam qo‘ygan O‘zbekistonda yangi parlament va yangi mahalliy kengashlarni saylash uchun yangicha ruhdagi saylovlar kampaniyasi boshlanayotgani alohida ta’kidlandi.

Bo‘lajak saylovlar mamlakatimizni rivojlantirishning beshta muhim ustivor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida o‘z ifodasini topgan ilg‘or demokratik g‘oyalarning amaldagi yana bir yorqin ifodasi bo‘ladi. Jamiyatimiz hayotidan ko‘ppartiyaviylik, siyosiy plyuralizm, fikrlar rang-barangligi, ochiqlik va oshkoralik, bag‘rikenglik tamoyillari tobora mustahkam va keng o‘rin olmoqda.

Avvalo, bu yil mamlakat parlamenti va xalq deputatlari mahalliy kengashlariga saylovlar ilk bor O‘zbekiston Respublikasining yangi Saylov kodeksi asosida o‘tadi. Saylovlarda birinchi marta beshta siyosiy partiya o‘z nomzodlarini ilgari surish huquqiga ega. Bular – “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi, Xalq demokratik partiyasi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi va O‘zbekiston Ekologik partiyasi.

Saylovlarda 20 milliondan ortiq saylovchi, shulardan ikki millondan ziyod yoshlar ilk bor, ovoz beradi.

Majlis nihoyasida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisi, siyosiy partiyalarning rahbarlari Xalqaro matbuot markazining maxsus bezatilgan zaliga taklif etildi. Ular shaffof tugmachalarni bosib, saylov kampaniyasiga tantanali ravishda start berdi. Ulkan ekranda “2019-yil, 22-dekabr. “Yangi O‘zbekiston. Yangi saylovlar!” tasviri paydo bo‘ldi.

Marosimda hozir bo‘lgan Markaziy saylov komissiyasi a’zolari va xodimlari, vazirlik va idoralarning vakillari, mahalliy va xorijiy jurnalistlarning qarsaklari yangradi.

Saylov kodeksiga binoan endilikda siyosiy partiyalar Qonunchilik palatasiga bo‘lajak saylovlarda 135 emas, balki to‘liq 150 saylov okrugidan nomzod ko‘rsatish huquqiga ega bo‘ldi. O‘zbekiston Ekologik harakatiga berilgan kvota chiqarib tashlangani partiyalararo raqobatni kuchaytirishga xizmat qiladi.

Viloyatlarda hududiy bo‘linmalari ham ish boshlagan Xalqaro matbuot markazida Saylovchilarga tezkor axborot berish markazi (Call-center) faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi respublika hududi bo‘ylab abonentlardan markazga chiquvchi bepul qo‘ng‘iroqlar amalga oshiriladigan ko‘p tarmoqli va qisqa raqamli alohida aloqa liniyasi ajratadi hamda uning uzluksiz ishlashini ta’minlaydi.



Muallif: Markaziy saylov komissiyasi Matbuot xizmati
Marta o`qilgan: 154