×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
00:44:34 (GMT +5), shanba, 19 - oktabr 2019
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


16 - sentabr 2019

O‘zbekistonda biznes – oson va qulay

Bu esa yana bir bor mamlakatimiz olidida turgan asosiy vazifalardan biri — milliy iqtisodiyotimizning barqaror o‘sishini ta’minlash, respublika mintaqalariga investitsiyalarni jalb qilish, aholi o‘rtasida maksimal darajada tadbirkorlik faoliyatini faollashtirishga urg‘u beradi. Barchaga ma’lumki, bularga erishish uchun, avvalambor, mamlakatimizda qulay investitsion muhitni yaratish zarur.

Bu borada mamlakatimizda hujjatlarni rasmiylashtirishda jarayonlarni soddalashtirish va muddatlarni qisqartirish yo‘nalishida bir qator islohotlar amalga oshirilib kelmoqda.

Ularni olish uchun moliyaviy harajatlar ham kamaytirilmoqda. Jumladan, bunga yangi idora — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi tashkil etilishi ko‘mak bo‘ldi.

Davlat xizmatlari ko‘rsatilishining yangi formati

Davlat xizmatlari markazlari tashkil etilganiga xali bir yil ham bo‘lmaganiga qaramay, ular hukumat va fuqarolarning samarali bog‘lanish nuqtasiga aylandi. Bugun ularning soni 201 taga yetdi — ular har bir shahar va tuman markazida joylashgan bo‘lib, yuzdan ortiq davlat xizmatlarini taqdim etmoqda.

30 dan ziyod xizmatlar biznesning turli sohalaridagi potensial investorlar uchun mo‘ljallangan. Ularning ichida — tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish, kadastr xizmatlarini ko‘rsatish, loyiha hujjatlarini kelishish, faoliyat turlarini litsenziyalash va boshqalar.

Agentlik oldida turgan asosiy vazifalardan biri — tezkor, qulay va shaffof davlat xizmatlarini ko‘rsatish. Ideal format — kam vaqt sarflanishi va maksimal qulaylik, zarur bo‘lgan hujjatlarni tezkor, sarsongarchiliksiz va byurokratik to‘siqlarsiz olish.

Shunday qilib, Davlat xizmatlari agentligi yangilanayotgan Respublika oldida turgan islohotlarni amalga oshirish va hayotga tadbiq etishda muhim pozitsiyani egallamoqda.

Islohotlar markazida

Bugun turli nufuzli xalqaro reytinglarda O‘zbekiston pozitsiyasini yaxshilashga katta e’tibor qaratilmoqda. Masalan, yurtboshimiz va hukumat tomonidan, Jahon bankining “Biznes yuritish” har yillik hisobotida pozitsiyani yaxshilashga doir bir qator normativ-huquqiy hujjatlari qabul qilindi.

“Biznesni yuritish” reytingi jami 11 ta indikator bo‘yicha baholanadi. Shundan eng birinchisi bu biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish indikatoridir.

Tadbirkorlik dunyosiga ilk qadam Davlat xizmatlari markazlaridan boshlanadi — aynan bu yerda biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni amalga oshiriladi.

Joylardagi Davlat xizmatlari markazlari – tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ hisoblanganligi bois, reytingning aynan ushbu indikatori bo‘yicha mamlakatimiz nufuzini yaxshilash bo‘yicha Adliya vazirligiga qator vazifalar belgilandi.

“Biznes yuritish — 2018” hisoboti natijalarida tadbirkorlik subyektlarini ro‘xatdan o‘tkazish indikatori bo‘yicha O‘zbekiston 190 mamlakat ichida 12 o‘rinni egalladi.

Bugun maxsus avtomatlashtirilgan tizim ishga tushirilgani bois Davlat xizmatlari markazlarida biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun bor yo‘g‘i 15-20 minut vaqt talab etiladi. Bu jarayonni masofadan turib ham amalga oshirish imkoni mavjud.

Fuqarolarni elektron davlat xizmatlaridan foydalanishlarini qo‘llab-quvvatlash uchun davlat bojlarini to‘lashda turli imtiyoz va chegirmalar joriy etilmoqda. Misol uchun, tadbirkorlik subyektini “onlayn” ro‘yxatdan o‘tkazilganda davlat boji summasining 90 % to‘lanadi.

Biznes yuritishni soddalashtirish uchun O‘zbekistonda biznesni ro‘yxatdan o‘tkazgandan so‘ng, Davlat xizmatlari markazining o‘zida bir necha daqiqada bank hisob-raqamini ochish imkoni mavjud. Taqqoslash uchun, avval mazkur jarayon 1 ish kunini talab qilar, shuningdek tijorat bankining filialiga murojaat etib, bir qator hujjatlarni taqdim etilishi lozim edi:

- bank hisob-raqamini ochish uchun ariza;

- imzolar va muhrlarning nusxa namunalari;

- korxonaning ta’sis hujjatlari;

- imzo qo‘yish huquqiga ega bo‘lgan shaxsni tasdiqlovchi hujjat;

- soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjat;

- davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma;

- direktor va buxgalterni tayinlash to‘g‘risidagi qaror.

Va faqatgina ushbu qog‘ozlar yetkazib berilgandan keyingina bank tomonidan hisob-raqamini ochish to‘g‘risida ikki tomonlama shartnoma tuzilar edi.

Davlat xizmatlari agentligi ushbu tartibni ancha soddalashtirdi. Endi milliy va xorijiy valyutada bank hisob raqamini tadbirkorlik subyektini ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bir vaqtda ochish imkoni mumkin.

Ariza beruvchi so‘rovnomani to‘ldiradi va davlat ro‘yxatiga olish jarayonida tijorat bankining istalgan filialini tanlaydi. Bank hisob-raqamini ochish to‘g‘risida shartnoma tuzish tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatga olish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning avtomatlashtirilgan tizimi orqali amalga oshiriladi. Biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish bilan birga ushbu jarayon jami 30 daqiqadan ko‘p bo‘lmagan vaqtni talab etadi, xolos.

Mazkur xizmat joriy yilning mart oyida ishga tushirilgan. Ushbu qisqa fursatda bir vaqtning o‘zida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda bank hisob raqamini ochish uchun 10 mingga yaqin ariza kelib tushdi. Ularning 30 foizga yaqini fo.birdarcha.uz platformasi orqali elektron shaklda topshirildi.

Ma’lumot uchun, “Beznesni ro‘yxatdan o‘tkazish” indikatori bo‘yicha “Doing business” reytingida 2-o‘rinni egallab turgan Gruziyada ham bir vaqtning o‘zida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va bank hisob raqamini ochish tizimi joriy etilgan.

Biznesni yuritish jarayonida yuzaga keladigan byurokratik to‘siqlarni yo‘q qilish uchun ham ko‘p ishlar amalga oshirildi. Masalan, 2019-yil 1-martda davlat organlari va boshqa tashkilotlari tomonidan tadbirkorlik subyektlaridan hujjatlarni muhrlash yoki hujjatlarni muhr bilan tasdiqlashni talab qilish tartibi bekor qilindi.

Shunday qilib, tegishli blank va shakllarni tadbirkorlik subyektlarining muhri bilan tasdiqlash amaliyotini yo‘q qilish choralari ko‘rildi.

Biznes-sherikning ishonchliligi — muvaffaqiyatli faoliyat yuritishning asosiy shartlardan biri.

Shu bois, Buyuk Britaniyaning “Sompanies house UK” ilg‘or tajribasiga asoslangan holda xorijiy investorlar va mamlakatimizdagi tadbirkorlik subyektlari foydalanishlari uchun Tadbirkorlik subyektlari yagona davlat reyestrining hamma uchun ochiq bo‘lgan platformasi ishga tushirildi.

Natijada investor va boshqa tadbirkorlik subyektlari uchun hamkorlik qilishni rejalashtirayotgan tadbirkorlik subyektlari to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlarni “online” rejimida taqdim etib borish imkoniyati yaratildi.Mazkur platformada investorlar o‘z biznes hamkorlari (yuridik shaxslar) haqidagi – ya’ni, korxona nomi, ro‘yxatdan o‘tgan sanasi, ustav jamg‘armasi miqdori, korxona ta’sischilari haqidagi ma’lumotlarni bepul asosda olishlari mumkin. Ta’kidlash lozim, endi platformada turli parametrlar bo‘yicha global qidiruv berish funksiyasi mavjud (kompaniya nomlanishi, joylashishi, faoliyat turi va hoqazo).

Ishbilarmon sherikni tekshirish uning yaxlitligi va professionalligida amin bo‘lishga ko‘mak beradi va shu bilan firibgarlik faktlarini oldini olish imkonini beradi.

Tez orada my.gov.uz portalida ro‘yxatdan o‘tkazilgan majburiyatlar, hibsga olish yoki boshqa cheklovlar, lizing majburiyatlari to‘g‘risida ma’lumotlar ham joylashtiriladi. Bugungi kunda Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun zarur jarayonlarni boshlab yubordi.

Shuni ham ta’kidlash kerakki, yuridik shaxsning ustav fondi miqdoriga qo‘yiladigan majburiy talablar ham bekor qilindi. Bu esa endi ustav fondining hajmi faqat litsenziya talablari bilan cheklanishi mumkin ekanligidan dalolat.

Hozirgi kunda mamlakatimizda biznes va tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, uzoq muddatli investitsiya loyihalarida mablag‘larni muvaffaqiyatli jalb qilish uchun yaxshigina imkoniyatlar berilmoqda. Buning uchun tadbirkorlarga samarali biznes olib borishlari uchun zarur imtiyozlar taqdim etilmoqda. Ma’muriy jarayonlar esa soddalashtirilmoqda.

Yuqorida O‘zbekistonda tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida amalga oshirilgan eng muhim islohotlar sanab o‘tilgan. Albatta, Davlat xizmatlari agentligi biznes yuritish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish borasidagi ishlarini davom ettiradi.



Muallif: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi
Marta o`qilgan: 130