×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
14:26:24 (GMT +5), chorshanba, 16 - oktabr 2019
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


14 - sentabr 2019

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma ikkinchi yalpi majlisi to‘g‘risida axborot

2019-yil 14-sentabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma ikkinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi. Yalpi majlisda hukumat a’zolari, vazirlik va idoralar rahbarlari, mamlakatimiz va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Majlisni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva olib bordi.

Yalpi majlis kun tartibi tasdiqlanganidan so‘ng senatorlar ko‘rib chiqilayotgan masalalarni muhokama qilishga kirishdilar.

Senatorlar ishni “Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashini tuzish to‘g‘risidagi Naxichevan Bitimini (Naxichevan, 2009-yil 3-oktyabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini muhokama qilishdan boshladilar. Ta’kidlanishicha, hozirgi vaqtda 4 ta davlat: Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Turkiya Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashi (TDHK) a’zolari sanaladi. Tashkilot tarkibi turkiy tilli davlatlarning rahbarlari Kengashi, Tashqi ishlar vazirlari kengashi, Katta mansabdor shaxslari qo‘mitasi, Oqsoqollari kengashi va Kotibiyatdan tashkil topgan. Kotibiyat Istanbul shahrida (Turkiya Respublikasi) joylashgan.

Tashkilot 2009-yil 3-oktyabrda Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashini tuzish to‘g‘risidagi Naxichevan Bitimiga muvofiq tashkil etilgan.

Senatorlar keyingi paytda Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga a’zo davlatlar, eng avvalo, mintaqadagi qo‘shni mamlakatlar bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlik chuqurlashib borayotganligini qayd etdilar. Bu Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi doirasida O‘zbekistonning ko‘ptomonlama hamkorligini rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.

Bundan tashqari, respublikamizning Tashkilotga a’zo bo‘lishi tovarlar, kapitallar, xizmatlar va texnologiyalarning erkin harakatlanishini izchil ro‘yobga chiqarish, moliya va bank operatsiyalarini soddalashtirish maqsadida savdo-sotiq va investitsiyalar uchun qulay shart-sharoit yaratishga, bojxona va tranzit tartib-taomillarini yanada soddalashtirishga xizmat qiladi. Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Shundan so‘ng senatorlar “To‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining Qo‘shma qarorini tasdiqlash haqidagi masalani ko‘rib chiqdilar.

So‘zga chiqqanlar bu masala butun jamiyat uchun muhimligi tufayli uning Senat yalpi majlisida muhokama etilishi alohida ahamiyat kasb etishini ta’kidladilar.

So‘nggi yillarda xalqimizning uzoq yillik qadriyatlari va an’analarini o‘zida aks ettirgan to‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazishda shuhratparastlik, o‘zini ko‘z-ko‘z qilish, boshqalarning ijtimoiy ahvolini inobatga olmaslik, isrofgarchilik, xalqimizning urf-odatlari va an’analarini mensimaslik kabi illatlar ko‘zga tashlanmoqda.

Bunday holatlarga barham berish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qaroriga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarida, shuningdek fuqarolar yig‘inlarida oilaviy tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish masalalari bo‘yicha komissiyalar tuzildi, ko‘plab tushuntirish va targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

Biroq o‘rganishlar tahlili, shuningdek aholi bilan bevosita o‘tkazilgan muloqotlar, jamoatchilik vakillaridan kelib tushgan murojaatlar ushbu sohada bir qator jiddiy muammo va kamchiliklar hamon saqlanib qolayotganligini ko‘rsatdi. Xususan, ayrim fuqarolar dabdabali to‘y marosimlariga katta mablag‘ sarflanishi tufayli qarzga botmoqda va qarzni uzish uchun chet elga ishlash uchun chiqib ketmoqda.

Ba’zi fuqarolar oilaviy tadbirlarni dabdaba bilan o‘tkazishni qo‘shnilar, qarindoshlar tanqididan, umuman olganda, jamoatchilikning bosimidan xalos bo‘lish vositasi sifatida tushunmoqda. Vaholanki, bunday tadbirlar yaqin qarindoshlar o‘rtasida ziddiyatlar paydo bo‘lishiga olib kelmoqda.

Senatorlar keng jamoatchilikning fikr-mulohazalari va xohish-istaklaridan kelib chiqib, bunday holatlarga barham berish, aholi, ayniqsa, yoshlarda bu masalaning mohiyati va ahamiyati haqida to‘g‘ri tushuncha hosil qilish maqsadida qat’iy choralar ko‘rish muhim ekanligini ta’kidladi. Muhokama yakunlari bo‘yicha Oliy Majlis Senatining tegishli qarori qabul qilindi.

Shuning bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma ikkinchi yalpi majlisi o‘z ishini yakunladi.



Muallif: O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot xizmati
Marta o`qilgan: 196