×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
05:40:00 (GMT +5), dushanba, 23 - sentabr 2019
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


7 - sentabr 2019

Deputatlar ta’lim, noshirlik faoliyati, bola huquqlariga doir qonun loyihalarini muhokama qildilar

2019-yil 6-sentabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakat hayotining turli sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy jihatdan ta’minlashga qaratilgan bir qator qonun loyihalari ko‘rib chiqildi.

Kun tartibidagi dastlabki masala – “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuning yangi tahrirdagi loyihasi birinchi o‘qishdagi muhokamasi qizg‘in kechdi.

Ta’kidlash joiz, mamlakatimizda malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojning keskin ortishi, bu sohaga xalqaro doiralarda umume’tirof etilgan zamonaviy standartlarni joriy etish, shu tarzda ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish va xalqaro hamjamiyat bilan uyg‘unlashgan holda olib borishni taqozo etmoqda. Ana shu yondashuvlarga suyangan holda loyiha tashabbuskorlari qonun loyihasiga bir qator yangi normalar, tushunchalar va moddalar kiritishgan. Xususan, katta yoshdagilar ta’limi, maxsus ta’lim, inklyuziv ta’lim, yakka tartibda pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish, davlat-xususiy sheriklik, ta’lim sohasiga investitsiyalarni kiritish, sohada davlat nazorati, ta’lim muassasalarining o‘zini o‘zi baholashi, ta’lim ishtirokchilarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarliklari, ta’limda eksperimental, innovatsion faoliyat bilan bog‘liq yo‘nalishlar degan mutlaqo yangi norma va tushunchalar shular jumlasidandir. E’tiborlisi shundaki, yangi tahrirdagi qonun loyihasida avvalgi, zamon sinovidan o‘tgan mukammal normalar saqlab qolingan holda ta’lim sohasidagi davlat boshqaruvi organlarining vakolatlari va ta’lim muassasalarining faoliyati erkinligini kengaytirishni nazarda tutuvchi yangi normalar va boshqa tushunchalar o‘z aksini topmoqda.

Deputatlarning qayd etishicha, qonun loyihasining qabul qilinishi ta’lim tizimidagi mavjud muammolarni bartaraf etishga, sohani tubdan takomillashtirish va ta’limni xalqaro hamjamiyat bilan uyg‘unlashgan holda olib borish uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Ayniqsa, fuqarolarning xorijda ta’lim olishi, chet elda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarning tan olinishi, shuningdek, ilk bor mamlakatimizda butun umr ta’lim konsepsiyasining kiritilishi kabi masalalarning qonun loyihasi normalarida ilgari surilishi ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko‘taradi.

Shundan so‘ng parlament a’zolari kitob va boshqa bosma mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va savodxonlik madaniyatini yuksaltirishga ko‘maklashuvchi soha faoliyatini huquqiy jihatdan tartibga solishga qaratilgan “Noshirlik faoliyati to‘g‘risida”gi qonun loyihasini birinchi o‘qishda muhokama qildilar.

Davlatimiz rahbari tomonidan mamlakatimizda yoshlarning ma’naviy-intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, ona Vatanimiz va xalqimizga muhabbat, sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol avlodni tarbiyalashda kitobxonlik va kitob targ‘ibotini kuchaytirish, axborot-kutubxona faoliyatini takomillashtirishga katta e’tibor qaratilmoqda.

Mazkur qonun loyihasi ham ana shunday xayrli maqsadlarni ro‘yobga chiqarishni ko‘zlagani bilan ahamiyatlidir. Ushbu loyihaning qabul qilinishi yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy va estetik ehtiyojlariga mos sifatli kitoblarni nashr qilish, kitoblarni qulay narxlarda joylarga, shu jumladan, ta’lim muassasalariga yetkazib berish, milliy va jahon adabiyotining eng sara namunalarini tarjima qilish, o‘sib kelayotgan avlodda bolalikdan kitobga mehr uyg‘otish, ularda elektron kitoblarni o‘qish qobiliyatini shakllantirish – kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.

Majlisda deputatlar “Bola huquqlari kafolatlarining yanada kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va ko‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ham birinchi o‘qishda atroflicha muhokama qildilar.

Ta’kidlanganidek, qonun loyihasini ishlab chiqish jarayonida xorijiy davlatlarning qonunlarida bolaga nisbatan ishlatiladigan tazyiq va zo‘ravonliklar turlari, ularning oldini olish choralari, jinoyat protsessi ishtirokchilari hisoblangan bolalarni himoya qilish bo‘yicha qo‘shimcha kafolatlarga oid normalar atroflicha o‘rganilib, tahlil qilindi.

Qayd etilganidek, “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunning 10-moddasi bolaga nisbatan ishlatiladigan tazyiq va zo‘ravonliklarning barcha turlarini qamrab olmagani sababli ushbu moddaga davlat tomonidan huquqbuzarliklar va g‘ayriijtimoiy harakatlarni sodir etishga jalb qilishdan himoyalash bo‘yicha choralar ko‘rilishini nazarda tutuvchi normalar kiritilmoqda.

Shuningdek, qonun loyihasida davlat bolaga nisbatan ekspluatatsiya va zo‘ravonlikning barcha shakllarining oldini olish, ular sodir etilishiga sabab bo‘luvchi omillar va shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘rishini belgilovchi qoida kiritilmoqda.

Qizg‘in kechgan bahs va tortishuvlar chog‘ida mazkur qonunning qabul qilinishi jinoyat protsessi ishtirokchisi hisoblangan bola huquqlarining himoyasini kuchaytirishga, jinoyat protsessining barcha bosqichlarida voyaga yetmaganlar huquqlari muhofazasini ta’minlashda muhim huquqiy asos yaratishi qayd etildi.

Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi vakolatlariga taalluqli boshqa masalalar ham muhokama etilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.



Muallif: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Matbuot xizmati
Marta o`qilgan: 146