×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
05:40:31 (GMT +5), dushanba, 23 - sentabr 2019
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


28 - avgust 2019

Deputatlar davlat byudjetining 2019-yil birinchi yarmidagi ijrosidan qoniqdimi?

2019-yil 27-avgust kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda deputatlar Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarining 2019-yil birinchi yarim yillikdagi ijrosi yakunlarini koʻrib chiqdilar.

Ushbu masala dastavval siyosiy partiyalar fraksiyalarining va Oʻzbekiston Ekologik harakati deputatlar guruhining, shuningdek, Qonunchilik palatasi masʼul qoʻmitasining kengaytirilgan majlislarida atroflicha muhokama qilingan edi.

Majlis avvalida deputatlar keyingi yillarda yurtimizda byudjet maʼlumotlarining ochiqligi va shaffofligini oshirish, byudjet mablagʻlarining shakllanishi hamda sarflanishi ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini yanada kuchaytirishga katta eʼtibor qaratilayotganini qayd etdilar. Buning yorqin misoli boʻlgan mazkur majlisda Harakatlar strategiyasida hamda joriy yilga moʻljallangan Davlat dasturida belgilangan ustuvor vazifalarni izchil amalga oshirish, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy sohalarini tubdan rivojlantirish boʻyicha olib borilayotgan islohotlar iqtisodiyotni yangicha asosda tashkil etish, yanada erkinlashtirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya va diversifiqatsiya qilish, hududlarning xomashyo va resurs salohiyatidan oqilona foydalanish, faol investitsiya siyosati yuritish hamda biznes muhitini yaxshilashda keng imkoniyatlarni yaratayotgani taʼkidlab oʻtildi. Buning natijasida 2019-yilning birinchi yarim yilligida makroiqtisodiy barqarorlikni va iqtisodiy oʻsishning yuqori surʼatlarini taʼminlashga imkon yaratilgani qayd etildi.

Xususan, 2019-yilning birinchi yarmida Davlat byudjeti daromadlari oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 52,9 foizga oʻsib, belgilangan reja 108,9 foizga bajarildi, uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi esa 22,8 foizni tashkil qildi. Mamlakat YAIM qariyb 222,0 trln. soʻmni tashkil etib, oʻtgan yilga nisbatan 5,8 foizga oʻsdi. Xususan, tarmoqlar tarkibida qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaligining ulushi 27,3 foizdan 24,3 foizga kamaygan boʻlsa, sanoatning ulushi 27,1 foizdan 30,3 foizga, qurilish ulushi 7,3 foizdan 7,6 foizga oʻsdi. Aholi umumiy daromadlari 153,3 trln. soʻmni tashkil etdi va 2018-yilning mos davriga nisbatan 121,7 foiz nominal oʻsishiga erishildi.

Yigʻilishda mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish hamda soliq-byudjet siyosati sohasidagi, xususan soliq maʼmuriyatchiligini va byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish, mahalliy byudjetlar daromad bazasini mustahkamlash borasida amalga oshirilgan kompleks chora-tadbirlar oʻz natijasini bergani qayd etildi. Davlat byudjeti daromadlari ijrosiga toʻxtalib oʻtgan deputatlar hisobot davrida Davlat byudjeti daromadlari 50 696,9 mlrd. soʻmni tashkil qilib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 52,9 foizga oʻsishga erishilgani, belgilangan reja 4 133,9 mlrd. soʻmga ortigʻi bilan yoki 108,9 foizga bajarilganini ijobiy baholadilar.

Parlament aʼzolari Davlat byudjetining xarajatlariga ham alohida eʼtibor bilan yondashdilar. Mazkur xarajatlar (davlat maqsadli jamgʻarmalarisiz) 55 266,3 mlrd. soʻmni tashkil qilgani qayd etildi. Hisobot davrida Davlat byudjeti xarajatlarining ijtimoiy yoʻnaltirilgani taʼminlanib, sohaga umumiy xarajatlarning 54,4 foizi miqdorida mablagʻlar sarflangan. Bunda asosiy eʼtibor aholining real daromadlarini izchil oshirib borish va ijtimoiy himoya qilish, taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, sanʼat va sport sohalarini rivojlantirishga, shahar va qishloq joylarda aholi turmush sharoitini yanada yaxshilashni taʼminlovchi arzon uy-joylar barpo etish, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish boʻyicha maqsadli dasturlarni oʻz vaqtida moliyalashtirishga qaratilgani diqqatga sazovordir.

Yigʻilishda aholining turmush sharoitini yanada yaxshilash, arzonlashtirilgan uy-joylar qurish singari ijtimoiy ahamiyati yuqori boʻlgan yirik loyihalarni amalga oshirish borasida Prezidentimiz tomonidan belgilangan vazifalarni bajarish Davlat byudjeti ijrosining ustuvor yoʻnalishlari boʻlgani, birgina “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarining 2019-yil parametrlari ijrosi uchun 136,1 mlrd. soʻm sarflangani taʼkidlandi. Bundan tashqari, taʼlim sohasiga ijtimoiy xarajatlarning 54,5 foizi ajratilgani, sogʻliqni saqlash sohasiga Davlat byudjetidan yoʻnaltirilgan mablagʻlar miqdori 6 630,9 mlrd. soʻmni tashkil etgani ham yuqori baholandi.

Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash xarajatlariga Davlat byudjetidan 27 939,6 mlrd. soʻm miqdorda mablagʻlar yoʻnaltirilgan. Birgina bolalikdan nogironlar uchun toʻlanadigan nafaqalarga Davlat byudjetidan 657,5 mlrd. soʻm mablagʻ ajratilgani ushbu sohaga eʼtiborning naqadar ortib borayotganidan dalolatdir.

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining mahalliy byudjetlarni shakllantirishda va mablagʻlardan samarali foydalanishda mustaqilligi va masʼuliyatini oshirish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida joriy yilning birinchi yarmida mahalliy byudjetlarga 2,6 trln. soʻm miqdorida qoʻshimcha mablagʻlar tushirilgan. Bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 54 foizga koʻp. Bevosita mahalliy hokimliklar ixtiyorida qoldirilgan ushbu mablagʻlar hududlarni rivojlantirishga, joylardagi mavjud muammolarni, yechimini kutayotgan masalalarni hal etishga sarflangani koʻzlangan natijalarni bermoqda.

Shu bilan birga, majlisda deputatlar byudjet mablagʻlaridan maqsadsiz foydalanish, ularning noqonuniy ishlatilishi bilan bogʻliq ayrim kamchiliklar ham mavjudligini koʻrsatib oʻtdilar. Xususan, hisobot davrida ayrim byudjet tashkilotlarida mablagʻlarning ishlatilishi bilan bogʻliq moliyaviy huquqbuzarliklarga yoʻl qoʻygani, ayrim tarmoqlarda toʻlov intizomiga rioya etilmagani oqibatida debitorlik va kreditorlik, ayniqsa, byudjet oldidagi boqimanda qarzdorlikning yuzaga kelayotgani keskin tanqid qilindi. Nazorat tadbirlari natijasida byudjet toʻgʻrisida qonun hujjatlari buzilish holatlari aniqlangan byudjet tashkilotlarining 154 nafar rahbar va mansabdor shaxsi 111,5 mln. soʻm miqdorida maʼmuriy javobgarlikka tortilib, ulardan 88 mln. soʻmi undirilgani bu borada jiddiy bosh qotirish lozimligini koʻrsatayotganiga eʼtibor qaratildi.

Shundan kelib chiqib, parlament aʼzolari vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari mansabdor shaxslarining ijro intizomini kuchaytirish, Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarining kelgusi davr uchun oʻz vaqtida, sifatli ijro etilishi ustidan qatʼiy parlament nazoratini amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidladi.

Majlisda mamlakatimiz asosiy moliyaviy hujjatining hisobot davridagi ijrosi tanqidiy-tahlil ruhida, talabchanlik asosida koʻrib chiqildi. Qizgʻin bahs-munozara va muhokamalar yakunlariga koʻra, Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarining 2019-yil birinchi yarim yilligidagi ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni tasdiqlash haqida qaror qabul qilindi.



Muallif: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Matbuot xizmati
Marta o`qilgan: 149