×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
18:33:29 (GMT +5), shanba, 17 - avgust 2019
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


16 - iyul 2019

Xorijlik abituriyentlar uchun O‘zbekiston Xalqaro islom akademiyasiga qabul boshlandi

O‘zbekiston Xalqaro islom akademiyasi 2019-2020-o‘quv yili uchun chet el fuqarolarini bakalavriatda o‘qish uchun 15-iyun kunidan qabul ochilganini e’lon qiladi.

Xorijlik abituriyentlar akademiyaga kirish imtihonlaridan ozod etiladi va suhbat asosida qabul qilinadi. Talabalar istaklariga ko‘ra, o‘zbek va rus tilida o‘qishlari mumkin. Ularga diniy va dunyoviy fanlardan o‘z sohasining yetuk professor-o‘qituvchilari dars beradi.

Akademiyada quyidagi yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha tahsil olish mumkin:

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari (4 yil):

- Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik (musulmon mamlakatlari);

- Xalqaro munosabatlar;

- Islomshunoslik (qur’onshunoslik, hadisshunoslik, islom huquqi, aqida va tasavvuf, islom tarixi va manbashunosligi);

- Dinshunoslik;

- Psixologiya (Din sotsiopsixologiyasi);

- Filologiya va tillarni o‘qitish (arab tili);

- Turizm (ziyorat turizmi).

Ayni paytda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Rossiya Federatsiyasi, Qirg‘iziston va Tojikiston Respublikasi fuqarolari tahsil olmoqda. 2019-yildan boshlab, Rossiya musulmonlari diniy kengashi muftiysi Albir Krganov doktoranturaga qabul qilindi.

Bu yilgi qabul jarayonida chet el fuqarolariga qulaylik yaratish maqsadida hujjatlarni elektron tarzda international@iiau.uz va +998907888745 (Telegram va WhatsApp) raqami orqali qabul qilish yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, xorijiy talabalar uchun o‘qish shartnomasi summasining o‘zlariga maqbul shaklini tanlash imkoniyati yaratilgan.

O‘qishga qabul qilingan xorij fuqarolarining viza olishi va yashashi bilan bog‘liq hujjatlarni rasmiylashtirish akademiyaning Xalqaro hamkorlik bo‘limi mutaxassislari yordamida amalga oshiriladi.

Murojaat uchun:

international@iiau.uz

+998907888745

+998935510593 (ingliz tilida murojaat uchun)

+998712449593



Muallif: O‘zbekiston Xalqaro islom akademiyasi Matbuot xizmati
Marta o`qilgan: 281