×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
04:51:50 (GMT +5), juma, 13 - dekabr 2019
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi Xorijdagi saylovchilarning elektron ro'yxati O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


6 - iyul 2019

Hukumat parlament qaroriga jiddiy e’tibor qaratmoqda

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida parlamentning muhim qarorlar qabul qilish va qonunlar ijrosini nazorat etish faoliyatini kuchaytirish barobarida Bosh vazir va hukumat a’zolari Davlat dasturining bajarilishi yuzasidan Oliy Majlis palatalari oldida har chorakda hisobot berib borishi belgilab berilgan edi.

Joriy yilda ushbu yangi institutdan ilk bor foydalanildi. 2019-yil 18-may kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Vazirlar Mahkamasining 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 2019 yil birinchi choragida bajarilishining borishi to‘g‘risidagi hisoboti eshitildi.

Hukumatning mazkur hisoboti deputatlar tomonidan har tomonlama chuqur tahlil qilinib, Davlat dasturining ijrosi ustidan amalga oshirilayotgan nazoratning yanada ta’sirchanligi va samaradorligini ta’minlash, bunda parlament nazoratining barcha shakllaridan unumli foydalanish zarurligi qayd etilgandi. Bundan tashqari, tadbirkorlikni rivojlantirish, davlat dasturlarini amalga oshirishda mahalliy hokimiyat organlaridagi mavjud byurokratik to‘siq va sub’ektiv omillarni bartaraf etish yuzasidan Hukumat alohida ko‘rsatmadan iborat normativ-huquqiy hujjat ishlab chiqib, qat’iy nazoratni amalga oshirishi lozimligi, zarur hollarda deputatlar bilan bu sohada faol hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi zarurligi ta’kidlab o‘tilgan edi.

Parlament quyi palatasining Vazirlar Mahkamasi hisobotini ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha, tegishli yilga mo‘ljallangan Davlat dasturini bajarish yuzasidan Hukumat faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflarni o‘z ichiga olgan tegishli qarori qabul qilingan edi.

Qayd etish joizki, keyingi paytlarda Hukumat parlamentda qabul qilinayotgan hujjatlarga hamda ularning ijrosiga alohida e’tibor bilan qaramoqda. Buni Qonunchilik palatasining mazkur qarori Vazirlar Mahkamasining joriy yil 27-maydagi Rayosat yig‘ilishida atroflicha muhokama etilgani hamda ushbu hujjatda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha Hukumatning chora-tadbirlar rejasi tasdiqlanib, ijroga yo‘naltirilgani ham yaqqol tasdiqlaydi.

Vazirlar Mahkamasi tomonidan kiritilgan ma’lumotda ta’kidlanganidek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati va Senati a’zolari so‘rovlariga javoblar yuborilishi holatini har oyda alohida yig‘ilishlarda tizimli ravishda muhokama qilib borish amaliyoti hamda so‘rovlarga javoblar Oliy Majlis palatalari bilan bir vaqtning o‘zida Vazirlar Mahkamasiga ham ma’lumot uchun kiritib borish mexanizmi joriy etildi.

Davlat dasturida belgilangan qonun hujjatlari loyihalarini ishlab chiqishda parlament bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, jumladan, mas’ul Ishchi guruhlar tarkibiga vazirliklar va idoralar vakillari bilan bir qatorda, Oliy Majlis palatalarining tegishli qo‘mitalari a’zolarini ham jalb etish belgilangan.

Ma’lumotnomada 2019-yil birinchi yarim yilligida Davlat dasturida belgilangan topshiriqlar ijrosini o‘z muddatida, to‘laqonli ta’minlash yuzasidan vazirliklar va idoralar rahbarlari, Bosh vazir o‘rinbosari va maslahatchilari hamda Vazirlar Mahkamasining tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari shaxsan mas’ul ekani belgilab qo‘yilgani qayd etilgan. Unga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari Davlat dasturida joriy yilning birinchi yarim yilligi uchun belgilangan topshiriqlar bajarilishida yuzaga kelayotgan muammolar, kamchiliklarni aniqlab, ularni o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan Bosh vazir o‘rinbosarlari va maslahatchilari huzurida tegishli vazirliklar, idoralarning rahbarlari ishtirokida muhokama etish mexanizmi joriy qilingan.

Davlat dasturining ijrosini ta’minlash yuzasidan belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritilgan hujjatlarning qabul qliinishi jarayonida ular himoyasining puxta tashkil etilishi bo‘yicha vazirliklar va idoralarga aniq vazifalar belgilab berilgan.

Shuningdek, Davlat dasturining 2019-yil birinchi chorak yakuni bo‘yicha joriy yil 18-maydagi Oliy Majlis quyi palatasining yalpi majlisida tinglangan Vazirlar Mahkamasining hisoboti natijalari tajriba sifatida amaliyotga tatbiq etilib, Hukumatning 2019-yilning 2-choragi yakuni bo‘yicha Davlat dasturi ijrosi yuzasidan Oliy Majlisdagi hisobotiga barvaqt tayyorgarlik ko‘rish va barcha tahliliy materiallarni chuqur muhokama qilgan holda, puxta tayyorlash ishlari tashkil etilmoqda.

Shu bilan birga, ma’lumotnomada parlament quyi palatasining qarori hamda Davlat dasturida belgilangan vazifalarning ijrosi holatini o‘rganish va mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha muntazam ravishda Hukumatda monitoring ishlari olib borilayotgani bayon qilingan.

Vazirlar Mahkamasining ushbu ma’lumotnomasi va parlament quyi palatasi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi deputatlar hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari tomonidan atroflicha ko‘rib chiqildi.

Qayd etilganidek, Qonunchilik palatasining «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili» Davlat dasturining 2019 yil birinchi choragidagi ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hisoboti to‘g‘risida” 2019-yil 18-maydagi qarori Vazirlar Mahkamasining joriy yil 27-maydagi Rayosat yig‘ilishida muhokama etilishi hamda shu asosda tegishli chora–tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, ijroga qaratilgani «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili» Davlat dasturida belgilab olingan vazifalarning to‘liq, o‘z vaqtida amalga oshirilishida muhim ahamiyat kasb etadi. Bu ayni paytda Hukumatning parlament oldidagi mas’uliyatini oshirish maqsadida joriy qilingan yangi amaliyotning ahamiyati nechog‘lik katta ekanidan ham dalolatdir. Ushbu jihat, albatta, qonunchilik va ijro organlarining davlat siyosatini tizimli olib borish, islohotlar samaradorligini ta’minlash va asosiysi, xalqimizning farovonligini oshirishda o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashning yuksak namunasidir. Fraksiyalar tomonidan Vazirlar Mahkamasining ijro hokimiyati samarali ishlashi hamda shaxsiy javobgarligining ortishiga xizmat qiladigan mazkur pozitsiyasini ijobiy baholadi.

Ta’kidlanganidek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari so‘rovlariga javoblar yuborilishi masalasi Hukumat tomonidan nazoratga olinishi, ushbu maqsadda har oyda alohida yig‘ilishlarda tizimli ravishda muhokama qilib borish amaliyoti, shuningdek, so‘rovlarga javoblar Oliy Majlis palatalari bilan bir vaqtning o‘zida Vazirlar Mahkamasiga ham ma’lumot kiritib borish mexanizmining yo‘lga qo‘yilgani parlament a’zolari tomonidan joylarda olib borilayotgan o‘rganishlar jarayonida aniqlangan kamchilik va muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish imkonini yanada kengaytiradi.



Muallif: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Matbuot xizmati
Marta o`qilgan: 1283