×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
11:56:32 (GMT +5), chorshanba, 16 - oktabr 2019
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


3 - iyul 2019

Tibbiyot muassasalari integratsiyasi — malakali tibbiy xizmat ko‘rsatishning muhim omili

2019-yil 2-iyul kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida o‘tkazilgan navbatdagi «Hukumat soati»da O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri A.Shodmonovning birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarining o‘zaro integratsiyalashgan holda faoliyat yuritishini yaxshilash borasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida masala yuzasidan axboroti eshitildi.

Ta’kidlanganidek, Prezidentimiz tomonidan mamlakatimizda ambulatoriya-poliklinika va statsionar tibbiy yordam ko‘rsatuvchi muassasalarning o‘zaro integratsiyasini ta’minlashga qaratilgan muhim vazifalar belgilab berilmoqda.

Davlatimiz rahbarining mazkur topshiriqlaridan kelib chiqib, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarining o‘zaro integratsiyalashgan holda faoliyat yuritishini yaxshilash borasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlar tufayli bu borada muayyan o‘zgarishlar sezilmoqda. Vazir axborotida “Elektron sog‘liqni saqlash” normativ va normativ-huquqiy bazasini ishlab chiqish, integratsiyalashgan axborot tizimlari yagona kompleksini joriy etish, tibbiyot tashkilotlarida axborot tizimlari, ilg‘or axborot texnologiyalari, dasturiy mahsulotlarini yaratish, vazirlikning axborot tizimlari, resurs va ma’lumotlar bazasining boshqa davlat organlari axborot tizimlari bilan integratsiyasini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilayotgani aytib o‘tildi.

Deputatlar tomonidan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarining statsionar xizmati bilan integratsiyasini ta’minlash yo‘nalishida ham qator muammolar borligi qayd etildi. Xususan, yagona elektron ma’lumot almashinuv tizimining mavjud emasligi, faol patronajni amalga oshirish uchun xizmat radiusi katta bo‘lgan muassasalarga transport vositalarining ajratilmagani bu boradagi muammolarga jiddiy e’tibor qaratishni talab etadi.

Deputatlar hududlardagi saylov okruglariga chiqishlari davomida kuzatgan, 2019 – 2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasining sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish Konsepsiyasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va «elektron sog‘liqni saqlash»ni keng joriy etish belgilangan bo‘lsa-da, biroq bu boradagi ishlar talab darajasida tashkil etilmaganini tanqid qildilar. Bundan tashqari, joylarda elektron hujjat aylanishini joriy etish orqali ish jarayonini maqbullashtirish, uzoq masofadan turib navbat olish kabi masalalarga yetarlicha e’tibor qaratilmayotgani bilan bog‘liq masalalar ham ko‘tarildi.

Shundan kelib chiqib, vazir tomonidan statsionar va ambulator-poliklinika muassasalarini kompyuter texnikasi bilan jihozlash, optik tolali tarmoq bilan ta’minlash, yagona internet tarmog‘iga ulash, elektron dasturni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq qilish, ambulator-poliklinika muassasalarida kunduzgi shifoxonalarni tashkillashtirish bo‘yicha sharoitlar yaratish (xona, jihoz, shtatlarni ko‘paytirish), davolangan holat bo‘yicha moliyalashtirish, kafolatlangan tibbiy xizmatlar hajmi, majburiy tibbiy sug‘urta tizimlarini joriy qilish, tuman va shahar tibbiyot birlashmalariga asbob-uskunalar bilan ta’minlashning moliyaviy manbalarini aniqlash kabilar masalaning yechimi sifatida taqdim qilindi.

“Hukumat soati”da bu borada Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan Sirdaryo viloyatining Guliston shahri va Boyovut tumanida namunali tarzda tashkil etilayotgan ishlarni yurtimizning boshqa hududlarida ham ommalashtirish lozimligi qayd etildi.



Muallif: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Matbuot xizmati
Marta o`qilgan: 552