×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
02:18:49 (GMT +5), juma, 21 - iyun 2019
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


20 - may 2019

Islohotlarni huquqiy jihatdan ta’minlashga qaratilgan qonun loyihalari ko‘rib chiqildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasiningnavbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakat ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy hayotining turli sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy jihatdan ta’minlashga qaratilgan bir qator qonun loyihalari ko‘rib chiqildi.

Ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqilgan «O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi to‘g‘risida»gi qonun loyihasi mazkur palataning faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga, jumladan, uning islohotlarning yangi bosqichida, bugungi tub o‘zgarishlar sharoitida samarali faoliyat yuritishini ta’minlashga qaratilgan.

Parlament quyi palatasining avvalgi majlisidagi qizg‘in muhokamalarda siyosiy partiyalar fraksiyalari, Ekoharakat deputatlik guruhi, qo‘mitalar hamda alohida deputatlar tomonidan qonun loyihasining qoida va normalarini takomillashtirish yuzasidan bildirilgan takliflar, fikr-mulohaza hamda qo‘yilgan savollari atroflicha ko‘rib chiqilib, inobatga olindi. Xususan, loyihada Hisob palatasining huquqiy maqomi, vazifalari, prinsiplari hamda mansabdor shaxslarining vakolatlariga muayyan aniqliklar kiritildi. Axborot va ma’lumotlar almashinuvi sohasida palataning davlat organlari, boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro munosabatlari, uning qonuniy talablarini bajarishning majburiyligi haqidagi normalari takomillashtirildi. Shuningdek, palata faoliyatining tashkil qilinishi bilan bog‘liq qoidalar maromiga yetkazildi. Loyihaga normativ-huquqiy atamalarning yagona shaklda, to‘g‘ri qo‘llanilishi, normalarning sodda-ravon aks ettirilishi, adabiy til qoidalari talablariga hamda yuridik texnika va boshqa maxsus qoidalarga aniq rioya etilishini ta’minlash borasida tegishli aniqlik kiritildi.

Ta’kidlanganidek, ushbu qonun loyihasining qabul qilinishi Hisob palatasi faoliyatini yanada takomillashtirishga, budjet tizimi mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanishni ta’minlashga hamda davlat aktivlarini boshqarishning oqilona tashkil etilishiga xizmat qiladi.

Majlisda bahs-munozaralarga boy bo‘lgan masalalardan yana biri – “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonun loyihasi bo‘ldi. Mazkur hujjatdan ko‘zlangan asosiy maqsad omonatchilarning hamda bank xizmatlaridan foydalanuvchilarning huquq va manfaatlarini hisobga olgan holda, banklarning barqarorligi, ular o‘rtasida sog‘lom raqobatni ta’minlashdan iborat bo‘lib, eng muhimi, omonatchilarning turli kutilmagan tavakkalchiliklardan himoyalash orqali banklarga bo‘lgan ishonch darajasini oshirishni nazarda tutadi. Shuningdek, bank tizimi barqarorligini ta’minlashning muhim chorasi sifatida qonun loyihasi bilan banklarni ro‘yxatga olish tartibi va shartlari, shu jumladan, norezidentlarning bank kapitalidagi ishtiroki tartibga solinmoqda.

Yana bir muhim jihat, xalqaro tajribani inobatga olib, qonun loyihasi bilan bir bank boshqa moliya institutini nazorat qiluvchi, yuridik shaxs bo‘lmagan moliya institutlarining birlashmasi – bank guruhi tushunchasi kiritilmoqda. Bu bilan banklarning o‘zaro mas’uliyatini oshirish, tizimli xatarlarni kamaytirish, shuningdek, banklarni konsolidatsiyalashgan asosda nazorat qilish orqali Markaziy bankning nazorat funksiyalarini takomillashtirish ko‘zda tutilmoqda.

«O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlarigao‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi Prezidentimizning 2019 yil 12 martdagi "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori 11-bandining ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan bo‘lib, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish jarayoniga mediatsiya instituti joriy etilishini ko‘zda tutadi.

Shundan kelib chiqib, qonun loyihasi bilan «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi hamda «Mediatsiya to‘g‘risida»gi qonunlariga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish taklif etilmoqda.

Deputatlarning qayd etishicha, mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi ijro ishi yuritish jarayonida mediatsiya institutidan foydalanish tartibi va shartlarini, shuningdek, uni qo‘llash oqibatlarini qonun darajasida belgilashga yordam beradi.

Majlisda ko‘rib chiqilgan yana bir masala – «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi budjetini shakllantirish va ijro etishning yangi mexanizmlari joriy etilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi bo‘lib, u “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish” Davlat dasturining 7-bandida belgilangan parlament palatalari budjetlarining yangi mexanizmlarini shakllantirish va ijrosiga qaratilgan vazifalarni bajarish maqsadida Qonunchilik palatasining bir guruh deputatlari tomonidan qonunchilik tashabbusi huquqi asosida ishlab chiqilgan.

Mazkur qonun loyihasi bilan O‘zbekistonda qonunchilik xokimiyatining moliyaviy mustaqilligini ta’minlaydigan, shuningdek, xolis parlament nazoratini ta’minlashda asos bo‘ladigan normalar taklif etilmoqda. Xususan, keyingi yildan boshlab Oliy Majlis palatalarining xarajatlar smetasiga davlat budjetida alohida satr bilan mablag‘ ajratilishini belgilash, smeta xarajatlarini parlament palatalari Kengashlari tomonidan tasdiqlanish, shuningdek, parlamentlararo va xalqaro hamkorlik bo‘yicha muhim tadbirlarning o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash kafolatlarini yaratish taklif qilinmoqda.

Qizg‘in bahs-munozara, tortishuv va savol-javoblardan so‘ng qonun loyihalari qabul qilindi.

Majlisda, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi vakolatlariga taalluqli boshqa masalalar ham muhokama etilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.



Muallif: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Matbuot xizmati
Marta o`qilgan: 360