×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
22:12:19 (GMT +5), shanba, 17 - noyabr 2018
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


7 - noyabr 2018

Kuz-qish davriga tayyorgarlik deputatlar eʼtiborida

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi faoliyatida tarkib topgan yangi anʼanaga koʻra, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi hamda “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga asosan 2018-yil 7-noyabr kuni navbatdagi “Hukumat soati” oʻtkazildi.

Deputatlarning hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha ahvolini oʻrganish yuzasidan olib borgan ishlari hamda joylarda aholi tomonidan koʻtarilgan masalalardan kelib chiqib, quyi palatadagi deputatlar birlashmalari takliflariga koʻra, “Hukumat soati”da koʻrib chiqish uchun ikkita masala – “2018/2019 yillar kuz-qish davrida kommunal soha tashkilotlari, qozonxonalar, koʻp xonadonli turar joy binolari va ijtimoiy soha obyektlarini barqaror ishlashga tayyorlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarning ahvoli toʻgʻrisida”gi hamda “2018/2019 yillar kuz-qish davrida aholini barqaror narxlarda va uzluksiz ravishda asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash hamda bu boradagi zaxirani shakllantirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarning borishi toʻgʻrisida”gi masalalar kiritildi.

Mazkur masalalar yuzasidan deputatlar savollariga atroflicha javob berish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi hamda Qishloq xoʻjaligi vazirligi mutasaddi rahbarlari Qonunchilik palatasiga taklif etildi.

Tadbirda hukumat vakillari deputatlar tomonidan qoʻyilgan masalalar yuzasidan qisqacha maʼlumot berib, soʻngra ularning savollariga batafsil javob qaytardilar.

Maʼlumki, shu yilning 26 oktyabr kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida poytaxtimizning Yunusobod tumaniga tashrifi asnosida muhim ijtimoiy masalalar xususida toʻxtalar ekan, uy-joy fondini rivojlantirish, kommunal xizmatlarni yaxshilash, obyektlarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash borasida muhim vazifalarni belgilab bergan edi. Xususan, hududlarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini, ayniqsa, koʻp qavatli uy-joylarga kommunal xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar faoliyatini keskin tanqid qilgan edi.

Xabaringiz bor, mamlakatimizda bu boradagi masalalarni kompleks ravishda yechish maqsadida oʻtgan yili Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi tashkil etilgandi.

“Hukumat soati” avvalida deputatlar Oʻzbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri Muzaffar Saliyevga mazkur vazirlik oʻtgan davr mobaynida sohani tubdan yaxshilash, muammolarni bartaraf qilishga doir chora-tadbirlar doirasida sohaning qonunchilik asosini zamon talablariga koʻra takomillashtirish borasida yetarlicha tashabbus koʻrsatmayotgani xususida savollar bilan murojaat etdilar.

Oʻz navbatida, vazir deputatlarning tanqidiy ruhdagi savollariga javob qaytarar ekan, bu boradagi muammo va kamchiliklarni qayta koʻrib chiqish,avvalo, sohaning huquqiy jihatlarini takomillashtirish maqsadga muvofiq ekanini taʼkidladi.

Shu bilan birga, vazir axborotida qayd etilishicha, 2018-2019 yillar kuz-qish davrida kommunal soha tashkilotlari, qozonxonalar, koʻp xonadonli turar joy binolari va ijtimoiy soha obyektlarini barqaror ishlashga tayyorlash boʻyicha muayyan ishlar amalga oshirilgan. Joriy yilning 29-oktyabr holatiga respublika boʻyicha koʻp honadonli uy-joylarni kuz-qish mavsumiga barqaror tayyorlash boʻyicha Dastur bilan belgilangan 7 657 ta uyning 7 621 tasi joriy va mukammal taʼmirlanib, kuz-qish mavsumiga tayyorlangan. Mazkur tadbirlarni amalga oshirish uchun tijorat banklari tomonidan 546,5 milliard soʻm mablagʻ ajratilgan. Tegishli dastur asosida 181,3 kilometr ichimlik suvi tarmoqlari mukammal va 610,9 kilometr ichimlik suvi tarmoqlari joriy taʼmirlangan.

2018-yil yanvar-oktyabr oylari davomida elektr energiyasi taʼminoti boʻyicha 2 014 ta transformator punktida, 5 834,2 kilometr elektr uzatish tarmogʻida qurilish va taʼmirlash ishlari olib borilgan. Aholi va ijtimoiy soha muassasalari tabiiy gaz taʼminotini yaxshilash uchun 41,7 kilometr quvur kapital taʼmirlangan va 95,9 kilometr quvur rekonstruksiya qilingan.

2018-yil boshidan buyon joylarga 632,7 ming dona maishiy gaz ballonlari, aholi xonadonlari uchun 321 569,2 tonna suyultirilgan gaz, ijtimoiy soha muassasalariga 284,9 ming tonna, aholiga esa 433,2 ming tonna koʻmir yetkazib berilgan. Hududlarda 51,7 ming tonna koʻmir zaxirasi shakllantirilgan.

Shu bilan birga, deputatlar vazir eʼtiborini bu sohadagi ishlar samaradorligini oshirish lozimligiga qaratdilar.

“Hukumat soati”da navbatdagi masala yuzasidan soʻzga chiqqan Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri Bahodir Yusupov joriy yilning kuz-qish davrida aholini barqaror narxlarda, asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz taʼminlash, bu boradagi zaxirani shakllantirish, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash xususida axborot berdi.

Taʼkidlanganidek, hozirgi kunda mamlakatimizda oziq-ovqat mahsulotlari hajmi koʻpayishiga erishilmoqda. Xususan, 2018-yil oxirigacha 11,2 million tonna sabzavot, 2,9 million tonna kartoshka, 2,7 million tonna meva, 2,1 million tonna poliz va 1,7 million tonna uzum yigʻib-terib olinishi koʻzda tutilgan. Umuman, oʻtgan yilga nisbatan 1,4 million tonna koʻproq yalpi hosil olish rejalashtirilgan.

Meva-sabzavot, poliz, uzum va boshqa qishloq xoʻjalik mahsulotlarini eksport qilish hajmi ham ortmoqda. 2018-yilning 9 oyida oʻtgan yilning shu davriganisbatan 190 million dollar koʻproq, yaʼni 587 million AQSH dollari qiymatidagi 972 ming tonna (oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 351 ming tonnadan ortiq) yangi va quritilgan meva-sabzavot, poliz va uzum mahsulotlari eksport qilinishiga erishildi.

Shu bilan birga, deputatlar Prezidentimizning tegishli qarorlari asosida respublikada parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik, kartoshkachilik, limonchilikni rivojlantirish borasida ham tizimli ishlar olib borilayotganini eʼtirof etdilar. 2017-yilga nisbatan parranda goʻshti (179 ming tonna) va tuxum ishlab chiqarish (7,1 milliard dona) 6 foizga, baliq yetishtirish (150 ming tonna) 30 foizga, kartoshka yetishtirish (3 million tonna) 7 foizga, limon yetishtirish (30 ming tonna) 43 foizga, asal ishlab chiqarish (17 ming tonna) 38 foizga oshishi kutilayotgani aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash darajasini yaxshilash imkonini beradi.

Xoʻjaliklar tomonidanbuyurtmalar boʻyicha yetkazib berilgan, xorijga eksport qilingan qishloq xoʻjaligi mahsulotlaridan tashqari hozirgacha 25 ming tonnaga yaqin kartoshka, 30 ming tonnadan ortiq piyoz, 15 ming tonnadan oshiq sabzi va 6 ming tonnadan ziyod guruch zaxirasi yaratilgan.

“Hukumat soati” yakunida Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan bu sohadagi ishlar yanada samarali tashkil etilishi lozimligi taʼkidlandi. Ushbu sohalarda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan samarali parlament nazoratini taʼminlashga kelishib olindi. 



Muallif: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Matbuot xizmati
Marta o`qilgan: 132