×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
20:22:04 (GMT +5), payshanba, 13 - dekabr 2018
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


9 - oktabr 2018

Deputatlar mamlakatda ilm-fan, turizm, sud-huquq sohalarini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihalarini muhokama qildilar

Oʻzbekiston taraqqiyotining bugungi bosqichida iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini rivojlantirish bilan birga ilm-fan va tashqi siyosat borasidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar koʻrilmoqda. Ana shunday ezgu maqsadlarni, xayrli ishlarni amalga oshirish uchun esa qonuniy asoslar zarur boʻladi. Shu maʼnoda, barcha jabhada kechayotgan tub islohotlarga hamohang boʻlgan puxta va mukammal qonunlar yaratilishini davrning oʻzi taqozo etmoqda.

2018-yil 9-oktabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining bir qator dolzarb qonun loyihalari koʻrib chiqilgan navbatdagi majlisida deputatlar muhokamalarga ana shu mezonlar asosida yondashdilar. Taʼkidlash joiz, avvalroq barcha masalalar siyosiy partiyalar fraksiyalari va Oʻzbekiston Ekologik harakati yigʻilishlarida muhokama qilingan edi.

Oliy Majlis quyi palatasi majlisi kun tartibidan oʻrin olgan dastlabki masala – “Fan toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi deputatlarning qizgʻin bahs-munozaralariga sabab boʻldi.

Taʼkidlanganidek, birinchi oʻqishda koʻrib chiqilgan mazkur loyiha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi 2018 yil 22 yanvardagi Farmonining 3-bandi ijrosini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan.

Bugungi kunda mamlakat ilm-fani va ilmiy salohiyatini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, iqtisodiyotni rivojlantirishda fan va texnikaning hissasini oshirish, amalga oshiriladigan ilmiy tadqiqotlarning sifati hamda samaradorligini yuksaltirish, ilm-fan, taʼlim, ishlab chiqarish oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikni mustahkamlash masalasi har qachongidan ham dolzarblik kasb etmoqda. “Fan toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi ishlab chiqilishining zarurati ham ayni ana shundandir.

Qonun loyihasi bilan ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat sohasida davlat boshqaruvini amalga oshiruvchi organlarning vakolatlari, ilmiy xodimlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, ragʻbatlantirish chora-tadbirlari hamda davlat ilmiy-texnikaviy ekspertizasi, ilmiy va ilmiy-texnik natijalarning ilmiy va ilmiy-texnik darajasini, iqtisodiy samaradorligi va amaliy ahamiyatini kompleks tarzda baholash va monitoring qilish belgilanmoqda. Shuningdek, yana bir muhim jihat – ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyati moliyalashtirishning asosiy prinsiplari, manbalari va shakllari koʻrsatib oʻtilmoqda.

Deputatlarning fikricha, mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat sohasidagi huquqiy, moliyaviy, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning tartibga solinishini taʼminlaydi.

Shu bilan birga, ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi normalarning yaxlit bir holatga keltirilishi ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat sohasida huquqiy muhitni yuzaga keltiradi hamda ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat barcha ishtirokchilarining samarali aloqalarini taʼminlash imkonini beradi.

Qizgʻin muhokamalardan soʻng qonun loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilindi.

Soʻngra deputatlar yangi tahrirdagi “Turizm toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini koʻrib chiqishga kirishdilar.

Ayni paytda mamlakat iqtisodiyotining muhim tarmoqlaridan biriga aylanib borayotgan turizmni jadal rivojlantirish uchun har tomonlama pishiq va mukammal boʻlgan huquqiy asos zarur. Bundan 19 yil avval qabul qilingan “Turizm toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bugungi davr talablarini bajara olmayotgani bor gap.

Birinchi oʻqishda deputatlar eʼtiboriga havola etilgan “Turizm toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi esa, deputatlarning taʼkidlashicha, yurtimizda zamonaviy, yuqori samarali va raqobatbardosh turizm tarmogʻini shakllantirish uchun huquqiy sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.

Qonun loyihasida mamlakatda ichki va tashqi turizmni rivojlantirish uchun tashkiliy sharoitlar yaratish, turizm jabhasidagi munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligi, aniqligi va moslashuvchanligini taʼminlash, shuningdek, turizm sohasi subyektlari faoliyatining shaffofligini taʼminlovchi huquqiy mexanizmlarni shakllantirish hisobiga barcha darajadagi byudjetlarga turizmdan tushadigan daromadlarni oshirish, qonunlarimizni turizm sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi xalqaro huquqiy hujjatlar bilan uygʻunligini taʼminlashga qaratilgan normalar aks ettirilmoqda.

Deputatlar tomonidan qayd etilganidek, qonun loyihasining qabul qilinishi bilan turizm faoliyati subyektlarining huquqiy holati aniqlashtiriladi, davlat hokimiyati organining turizmni davlat tomonidan tartibga solish sohasidagi vakolatlari aniq belgilanadi. Bu esa, oʻz navbatida, hududlarning turizm salohiyatini yanada mustahkamlash, mahalliy byudjetlarning daromad qismini oshirishga olib keladi.

Shuningdek, deputatlar tomonidan majlis kun tartibiga kiritilgan “Jazoni ijro etish muassasalaridan boʻshatilgan shaxslar ustidan ichki ishlar organlarining maʼmuriy nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida»gi, “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi hamda “Oʻzbekiston Respublikasining Konsullik ustaviga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihalari birinchi oʻqishda koʻrib chiqildi.



Muallif: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Matbuot xizmati
Marta o`qilgan: 628