×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
22:15:53 (GMT +5), seshanba, 25 - sentabr 2018
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


6 - iyul 2018

Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar hukumat soatida muhokama qilindi

Aholi bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish, ishsizlik darajasini pasaytirish, mehnatga layoqatli fuqarolarning mehnat qilish va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish hamda ish izlayotgan muhtoj shaxslarni kasbiy tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini kengaytirish 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ustuvor vazifalardan biri qilib belgilangan.

Ta’kidlash joiz, deputatlarning hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha ahvoli yuzasidan joylarda olib borgan o‘rganishlari davomida hamda fuqarolarning murojaatlarida bandlik masalalari ko‘tarilgan.

Shu munosabat bilan joriy yilning 5-iyul kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida o‘tkazilgan “Hukumat soati”ga hududlarda aholi bandligi masalasida yo‘l qo‘yilayotgan rasmiyatchiliklarni bartaraf etish, aholini ish bilan ta’minlash hamda mehnat bozorida ishchi kuchiga bo‘lgan talabni oshirishga olib keladigan chora-tadbirlarni amalga oshirish borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risidagi masala kiritildi.

Ushbu masala yuzasidan deputatlar oldida axborot berish hamda ularni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berishi uchun “Hukumat soati”ga O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri taklif etildi.

Tadbir avvalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 4-iyul kuni yoshlar bilan manzilli va tizimli ishlash, ular uchun munosib sharoitlar yaratish, bandligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ko‘tarilgan masalalar deputatlar e’tiborida bo‘ldi.

Mazkur yig‘ilishda diqqat markazda bo‘lgan yoshlarning bandligi, ularni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan mutaxassislik va biznes ko‘nikmalariga o‘qitish, ish bilan ta’minlash choralarini ko‘rish deputatlik korpusi oldida ham turgan dolzarb vazifa ekanligi alohida ta’kidlab o‘tildi.

Vazir o‘z axborotida qayd etganidek, joriy yilning yanvar-may oylarida respublika bo‘yicha 213 mingtaga yaqin ish o‘rinlari yaratildi. Iqtisodiyot tarmoqlarida yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish va ular faoliyat ko‘lamini kengaytirish, avval xususiylashtirilgan va faoliyatida susayish kuzatilgan korxonalarni rivojlantirish uchun “Yo‘l xarita”larini ishga solish, qishloq joylarda arzon uy-joylar, ko‘p qavatli turar joylar va yo‘l-muhandislik infratuzilma qurilishi, ijtimoiy soha infratuzilmasini rivojlantirish hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish hisobiga yangi ish o‘rinlari yaratishda shunday ko‘rsatkichlarga erishildi.

Vazir tomonidan ta’kidlanganidek, shunday ko‘rsatkichlarga erishilganligi bilan qanoatlanish kerak emas. Chunki bu borada foydalanilmagan imkoniyatlar hali ham mavjud. Faqat ayrim mutasaddi organlar biroz sustkashlikka yo‘l qo‘ymoqda. Xususan, amalga oshirilayotgan ishlar bilan birgalikda ayrim mahalliy hokimliklar tomonidan yangi ish o‘rinlarini yaratish borasida ishlar yetarli darajada tashkil etilmagani va mavjud imkoniyatlar to‘liq safarbar qilinmagani ma’lum. Jumladan, joriy yil 1-choragi uchun doimiy ish o‘rinlarini belgilangan prognoz ko‘rsatkichlari Yangiobod, Zomin, Arnasoy, Shovot, Beshariq, Zangiota, Uchko‘prik, Oltiariq hamda Xatirchi tumanlarida bajarilmagan.

Taqdim etilgan axborotda tashqi mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha 2018-yilning o‘tgan davri mobaynida fuqarolarning tashqi mehnat migratsiyasini ta’minlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilgani alohida e’tirof etildi. Jumladan, bu boradagi qonun hujjatlarini takomillashtirish masalalariga e’tibor qaratilgan bo‘lib, “Mehnat migratsiyasi to‘g‘risida”gi va “Rekruting faoliyati to‘g‘risida”gi qonun loyihalari ishlab chiqildi. Ayni paytda Qonunchilik palatasida “Rekruting faoliyati to‘g‘risida”gi qonun loyihasi deputatlar tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.

Ta’kidlab o‘tilganidek, vazirlik tomonidan aholi bandligini ta’minlash va uning barqaror real daromadlarini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tanqidiy tahlil qilinmoqda va bu borada qator muammoli masalalar aniqlanib, ularni hal etishga e’tibor qaratilmoqda. Xususan, mehnat bozorining yagona informatsion-tahliliy tizimini yaratish, ishsizlarni kasbiy o‘qitish tizimini takomillashtirish, tashqi migratsiya masalalarini qayta ko‘rib takomillashtirish choralari ko‘rilmoqda.

Muhokamalar jarayonida fuqarolar, xodimlarning kafotlangan mehnat huquqlarini va mehnat muhofazasini ta’minlash, biron-bir shakldagi majburiy mehnatdan foydalanish hollariga yo‘l qo‘ymaslik, ayrim salbiy holatlarni aniqlash hamda bartaraf etish bo‘yicha qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Tadbir davomida bandlik va mehnat munosabatlari vaziri deputatlarning aholi bandligi, fuqarolarni ish bilan ta’minlash hamda mehnat bozorida ishchi kuchiga bo‘lgan talabni oshirish yuzasidan bergan savollariga javob qaytardi. Yig‘ilish yakunida mazkur sohadagi ishlar yuzasidan samarali parlament nazoratini olib borishga kelishib olindi.



Muallif: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Matbuot xizmati
Marta o`qilgan: 502