×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
07:29:00 (GMT +5), dushanba, 17 - dekabr 2018
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


6 - iyul 2018

Ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga hamda inson salomatligiga oid qonun loyihalari muhokama qilindi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 5-iyul kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi majlisida deputatlar mamlakatda tadbirkorlik faoliyati kafolatlari uchun huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladigan hamda inson salomatligini ta’minlashga qaratilgan dolzarb qonun loyihalarini ko‘rib chiqdilar.

Kun tartibiga kiritilgan barcha masalalar o‘ta dolzarbligi bois, dastlab siyosiy partiyalarning quyi palatadagi fraksiyalari hamda O‘zbekiston Ekologik harakati yig‘ilishlarida ko‘rib chiqilgan va qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lgandi.

Ana shunday qizg‘in muhokamalarning mantiqiy davomi bo‘lgan majlisda deputatlar o‘z ishlarini fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini yanada jonlantirish, ularning ekin maydonlaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish maqsadida ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda muhokama qilishdan boshladilar.

Ta’kidlab o‘tilganidek, qonun loyihasining qabul qilinishi dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer uchastkalarining o‘zaro farqli xususiyatlarini belgilash, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining ekin maydonlaridan samarali foydalanish borasidagi mas’uliyatini oshiradi, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining bu boradagi jamoat nazorati tizimini kuchaytirishga olib keladi.

Shundan so‘ng deputatlar tadbirkorlik subyektlarining mustaqilligini yanada mustahkamlash va xususiy mulk daxlsizligini ta’minlash maqsadida Jinoyat va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarga o‘zgartishlar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda muhokama qilishga o‘tdilar.

Qonun loyihasi bilan xususiy mulk huquqini, tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirish va moliya-xo‘jalik faoliyatini taftish qilish tartibini, litsenziyalash to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini va ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish, tadbirkorlik subyektlarini homiylik qilishga undash va boshqa tadbirlarga majburiy jalb etish hamda tadbirkorlik subyektlaridan qonun hujjatlarini buzgan holda ortiqcha hujjatlar talab qilib olish, umuman qonuniy tadbirkorlik faoliyatiga aralashganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish belgilanmoqda.

Kun tartibiga birinchi o‘qishda kiritilgan “Inson a’zolari, to‘qimalari va (yoki) hujayralarini transplantatsiya qilish” haqidagi qonun loyihasi deputatlarning o‘ta talabchanlik, ehtiyotkorlik bilan fikr bildirishlari barobarida qizg‘in bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi.

Ta’kidlanganidek, qonun loyihasi bilan inson a’zolari va to‘qimalari transplantatsiyasining shartlari, tartibi tibbiyot fanlari va amaliyotlarining zamonaviy yutuqlari asosida belgilab berilmoqda. Shuningdek, transplantatsiyani amalga oshirish maqsad va shartlari, transplantatsiya va konservatsiya obyektlari, donorlar doirasi, donor va retsipiyentning huquqlari hamda donorlardan a’zo va to‘qimalarni olish shartlari aniq ko‘rsatib o‘tilmoqda. Masala nafaqat tibbiyotga taalluqli, balki inson hayotiga bevosita daxl qiladigan muolajalar bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli umuman dunyo amaliyotida mazkur masalaga yondashuv birdek emas. Ushbu sohadagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonun loyihasi ishlab chiqilayotganda barcha fikrlar, xorijiy mamlakatlar tajribalari o‘rganildi. Xususan, inson organlarini ko‘chirishga qonunan ruxsat etilgan AQSH, Kanada, Germaniya, Fransiya, Isroil, Hindiston, Avstraliya, Rossiya, Belarus va boshqa davlatlarning qonunchiligi tahlil qilindi. Bugungi kunda dunyoda har yili 200 mingdan ortiq organ ko‘chirib o‘tkazish amaliyoti bajarilmoqda. Turkiya va Saudiya Arabistonida har yili 4 mingga yaqin shunday amaliyotlar o‘tkazilmoqda.

Deputatlarning fikriga ko‘ra, mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni jahon standartlariga moslash, ko‘plab insonlar hayotini saqlab qolish imkonini beradi. Qizg‘in bahslar yakunida qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi.

So‘ngra deputatlar tadbirkorlik faoliyati sohasida litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirishga va soddalashtirishga, ruxsat berish ishlarining shaffofligini ta’minlashga hamda biznes yuritishda ortiqcha byurokratik jarayonlarni tubdan qisqartirishga, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan qonun loyihasini muhokama qildilar.

Mazkur qonun loyihasi bilan tibbiyot va farmatsevtika faoliyati, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyat, ko‘chma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlari va teleradioeshittirish to‘lqinlarini tarqatish tarmoqlaridan foydalanish va ularga xizmat ko‘rsatish, shuningdek, neft, gaz va gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash va sotishni amalga oshirish huquqini beradigan litsenziyalardan tashqari faoliyatning ayrim turlari bilan shug‘ullanish huquqini beradigan barcha litsenziyalarning amal qilish muddati cheklanmagan holda berilishi ko‘zda tutilgan.

Deputatlarning ta’kidlashicha, mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi mamlakatimizda investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilashga hamda tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va erkinliklarini ishonchli himoya qilishni ta’minlashga xizmat qiladi.



Muallif: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Matubot xizmati
Marta o`qilgan: 976