×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
08:58:07 (GMT +5), dushanba, 25 - iyun 2018
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


13 - may 2014

Markaziy saylov komissiyasida

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda komissiya a’zolari, siyosiy partiyalar, O‘zbekiston ekologik harakati va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Majlisda ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 117-moddasiga muvofiq joriy yil dekabr oyi uchinchi o‘n kunligining birinchi yakshanbasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga umumxalq saylovlari bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovni tashkil etadi va o‘tkazadi.

Majlisda 2014-yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tadbirlar dasturi ko‘rib chiqildi.

Majlis ishtirokchilarining fikricha, 2009-yildagi saylovlardan keyin mamlakatimizda saylov qonunchiligini yanada liberallashtirish va takomillashtirish bo‘yicha qabul qilingan chora-tadbirlar bo‘lajak saylovlarni eng demokratik talablarga va umume’tirof etilgan xalqaro standartlarga muvofiq tarzda o‘tkazishning muhim omiliga aylanadi.

Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ilgari surilgan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi qoidalarini tatbiq etish bunga ko‘p jihatdan imkon berdi.

Konsepsiya doirasida saylov qonunchiligiga saylov huquqi erkinligi prinsipining to‘liq amalga oshirilishiga, mamlakatimiz saylov tizimining yanada demokratlashuviga, deputatlikka nomzodlarga, siyosiy partiyalarga saylovoldi tashviqotini o‘tkazish borasida teng shart-sharoitlar yaratish samaradorligini oshirishga, shuningdek, O‘zbekiston ekologik harakatidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari saylovining ochiqligi va shaffofligi prinsiplarini mustahkamlashga qaratilgan qator o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Saylov mobaynida shaffoflikni ta’minlashning huquqiy mexanizmlari takomillashtirildi.

Konsepsiya qoidalarini rivojlantirgan holda, 2014-yilning aprel oyida davlatimiz rahbari tashabbusi bilan qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (32, 78, 93, 98, 103 va 117-moddalariga)”gi qonun hokimiyatning qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi tarmoqlari faoliyatini yanada demokratlashtirish, siyosiy partiyalar faolligini oshirish, demokratik jamiyatning eng muhim tarkibiy qismi bo‘lmish partiyalararo raqobatni kuchaytirishning huquqiy asosi bo‘lib xizmat qilmoqda.

Yuqorida zikr etilgan qonunga muvofiq saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishni davlat hokimiyatining boshqa qaysidir organlari aralashuvisiz ta’minlaydigan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasiga konstitutsiyaviy organ maqomi berildi, uning faoliyat ko‘rsatish mexanizmi, faoliyatining mustaqillik, qonuniylik, kollegiallik, oshkoralik, adolatlilikdan iborat bo‘lgan asosiy prinsiplari belgilandi. Bularning barchasi saylovlarning demokratliligini, ochiqligi va oshkoraligini, qonuniyligini har tomonlama ta’minlashning eng muhim kafolatiga aylandi.

Muhokama davomida ta’kidlanganidek, dasturda saylov kompaniyasining barcha bosqichlarida shaffoflik, oshkoralik, ochiqlikni ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar, tayyorgarlik ko‘rish va saylov jarayonini tashkil qilish ishlarini qonunchilikka muvofiq tarzda amalga oshirish nazarda tutilgan.

Dastur saylov qonunchiligi qoidalarini saylovchilarga keng tushuntirish bo‘yicha axborot-tahlil ishlarini samarali tashkil etish uchun shart-sharoitlarni ta’minlash, milliy saylov tizimini yanada demokratlashtirishning mazmun-mohiyatini targ‘ib qilish, saylovchilarning bo‘lajak saylovga mamlakatimiz hayotidagi eng muhim ijtimoiy-siyosiy voqea sifatida tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonidan xabardorligini oshirish, ularning huquqiy madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha xalqaro, respublika va mintaqaviy tadbirlar o‘tkazishni nazarda tutadi.

Siyosiy partiyalarga, deputatlikka nomzodlarga o‘z saylovoldi dasturlarining qoidalarini, mamlakatimizni ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy rivojlantirishning dolzarb masalalari bo‘yicha ana shu dasturlarda o‘z ifodasini topgan pozitsiyalarini saylovchilarga, jamoatchilikka yetkazish uchun ommaviy axborot vositalaridan foydalanishda keng va teng imkoniyatlar yaratiladi.

Majlis ishtirokchilari tadbirlar dasturi siyosiy partiyalarning davlat organlarini shakllantirish jarayonida faol ishtirok etishi va erkin raqobatlashishi, fuqarolarning vakillik organlariga saylash va saylanish bo‘yicha konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirishlari uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlashini alohida ta’kidladilar.

Majlisda muhokama natijalari bo‘yicha tegishli qaror qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining vakolatiga taalluqli boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.



Marta o`qilgan: 2096