×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
14:06:35 (GMT +5), seshanba, 24 - aprel 2018
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


12 - mart 2014

Dolzarb qonun loyihalari ko‘rib chiqildi

11-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Qonunchilik palatasi Kengashi tomonidan taklif etilgan kun tartibi tasdiqlanganidan keyin deputatlar Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish maqsadida ishlab chiqilgan “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ko‘rib chiqdilar.

Qonun loyihasini muhokama qilish chog‘ida shu narsa ta’kidlandiki, mazkur hujjat fuqarolarning axborotga bo‘lgan konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirishga qaratilgan, unda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risida jamoatchilikni xabardor qilish tartib-taomillari belgilab qo‘yilgan, davlat organlari faoliyatining, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar siyosatining, davlatimiz tashqi va ichki siyosatining shaffofligini, ochiqligini, siyosiy plyuralizmni, mamlakatimizda va undan tashqarida ro‘y berayotgan hodisalar haqidagi fikrlar xilma-xilligini hisobga olgan holda ta’minlash masalalari nazarda tutilgan.

Qonun loyihasida jismoniy va yuridik shaxslarning axborotdan foydalanishini ta’minlashga, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining hamda ular mansabdor shaxslarining qabul qilinayotgan qarorlar uchun javobgarligini oshirishga, shuningdek, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risidagi axborotni tarqatish tartibini belgilashga doir asosiy vazifalar belgilangan hamda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligining asosiy prinsiplari tartibga solingan.

Umuman olganda, ushbu qonun loyihasining qabul qilinishi, deputatlar fikriga ko‘ra, jismoniy va yuridik shaxslarning davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati to‘g‘risidagi axborotdan foydalanishining, bunday axborotni olishga bo‘lgan kafolatni ta’minlashning huquqiy asoslarini mustahkamlaydi.

Har tomonlama moddama-modda muhokamadan so‘ng, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi mazkur qonunni qabul qildi, u Oliy Majlis Senatiga yuboriladi.

Shundan keyin deputatlar amaldagi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish maqsadida ishlab chiqilgan bir qator qonun loyihalarini ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqdilar.

Chunonchi, “Notariat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi aholiga yuridik xizmat ko‘rsatishga da’vat etilgan notariat tizimida kadrlar tayyorlash va tanlash masalalarini yanada takomillashtirishni nazarda tutadi.

Taklif etilgan tuzatishlar notarial muassasalarning faoliyatini yanada yaxshilashga, pirovard natijada ular tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirishga xizmat qiladi.

Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibiga “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ham kiritildi. Bu hujjat fuqarolik jamiyati institutlarini yanada rivojlantirishga, o‘tkazilayotgan islohotlarning ochiqligi va samaradorligini ta’minlashda ularning rolini kuchaytirishga qaratilgan. Qonun loyihasida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir dasturlarni amalga oshirish, gumanitar muammolarni hal qilish hamda mamlakatimiz aholisi turli qatlamlarining huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini himoya qilishda nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining davlat organlari bilan o‘zaro munosabatlari chegaralarini aniq belgilash va tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish nazarda tutilgan.

Ushbu qonun loyihasida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini, shu jumladan tarmoq, mintaqaviy va hududiy dasturlarni, fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor normativ-huquqiy hujjatlarni va boshqa qarorlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda davlat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlik tizimi sifatida «ijtimoiy sheriklik» tushunchasiga ta’rif berilgan.

Savol-javoblardan keyin qonun loyihasi batafsil muhokama etildi. Muhokama chog‘ida barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari va O‘zbekiston Ekologik harakatidan saylangan deputatlar guruhi vakillari ishtirok etdilar.

Muhokama chog‘ida bildirilgan fikr-mulohazalarni inobatga olgan holda deputatlar ushbu qonun loyihasining konsepsiyasini ma’qulladilar va uni birinchi o‘qishda qabul qildilar.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi o‘z vakolatiga taalluqli boshqa masalalarni ham ko‘rib chiqdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Axborot xizmati



Marta o`qilgan: 6198