×

Ishonch telefoni:

(+998 71) 233-28-28


Kotibiyat

(+998 71) 239-14-27

Faks: +(998 71) 239-15-17


Elektron-pochta: info@tiv.uz


Konsullik boshqarmasi

(+998 71) 233-73-40, 236-27-07 (viza masalalari)

(+998 71) 232-17-30, 233-36-03 (fuqarolik, legalizatsiya va huquqiy yordam masalalari)

(+998 71) 236-37-54 (pasport bo‘limi)

(+998 71) 233-35-58 (konsullik muassasalalari bilan ishlash)


Elektron pochta: consul@mfa.uz


Kontaktlar

Konsullik xizmati
O‘zbekistonga kirish vizasi – E-visa
04:58:45 (GMT +5), shanba, 22 - sentabr 2018
Ovoz berishni yoqish Saytning mobil versiyasi Ko'zi ojizlar uchun

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi O‘zbekiston Respublikasi vizasi Xorijga chiqayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma va takliflar O‘zbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari

Dolzarb masalalar


14 - dekabr 2013

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n uchinchi yalpi majlisi to‘g‘risida axborot

2013-yil 13-dekabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n uchinchi yalpi majlisi o‘z ishini davom ettirdi.

Yalpi majlisning ikkinchi kunini senatorlar asosiy maqsadi ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va sud-huquq sohalaridagi amaldagi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirishdan iborat bo‘lgan «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqishdan boshladilar.

Qonun bilan bir qator qonun hujjatlariga, shu jumladan, «Sudlar to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida»gi, «Siyosiy partiyalar to‘g‘risida»gi, «Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida»gi, «Chet el investitsiyalari to‘g‘risida»gi, «Raqobat to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasining Soliq, Oila, Jinoyat kodekslariga, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Mazkur Qonunning asosiy qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 2-avgustdagi «Sud tizimi xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilishni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi, 2012-yil 30-noyabrdagi «Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi, 2012-yil 10-apreldagi «To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi, 2012-yil 13-noyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida»gi farmonlariga muvofiq tayyorlangan.

Qonun hujjatlariga kiritilayotgan tuzatishlar sudlar faoliyatini, shu jumladan, sud kadrlarini tanlash, tayyorlash va lavozimlarga tavsiya etish tizimini yanada takomillashtirishga, sud organlari xodimlari uchun huquqiy va ijtimoiy kafolatlarni kuchaytirish, mahalliy vakillik hokimiyati organlariga saylov bo‘yicha saylov qonunchiligi hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish va ulardagi partiya guruhlari faoliyatining samaradorligini oshirishga, shuningdek, chet eldan investitsiyalar jalb etishni va mamlakatda investitsiya muhitini yanada rag‘batlantirish, O‘zbekiston hududida chet ellik investorlar faoliyati uchun yanada qulay sharoitlar yaratishga qaratilganligi ta’kidlab o‘tildi.

Qayd etilganidek, kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar siyosiy partiyalarning, fuqarolik jamiyati institutlarining joylardagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish bilan bog‘liq bo‘lgan g‘oyat muhim vazifalarni hal qilishdagi rolini yanada kuchaytirishni, aholining uy-joy-maishiy sharoitlarini yaxshilash, atrof-muhitni muhofaza qilish, aholining muhtoj qatlamlari manfaatlarini himoya qilish bilan bog‘liq qonun hujjatlarining talablariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini ta’minlashda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining rolini oshirishni nazarda tutadi. Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Shundan so‘ng senatorlar O‘zbekiston Respublikasi Tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasining asosiy prinsiplari va qoidalarini ifodalaydigan, O‘zbekiston Respublikasining boshqa mamlakatlar bilan xalqaro hamkorligini mustahkamlash hamda rivojlantirishga qaratilgan bir qator O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarini ko‘rib chiqdilar va ma’qulladilar.

Senatorlar «O‘zbekiston Respublikasi bilan Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida strategik sherikchilik to‘g‘risidagi Shartnomani (Toshkent, 2013-yil 14-iyun) ratifikatsiya qilish haqida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqdilar va ma’qulladilar. Shartnoma Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning O‘zbekiston Respublikasiga rasmiy tashrifi vaqtida 2013-yil 14-iyun kuni ikki davlat boshliqlari tomonidan imzolangan.

Parlament yuqori palatasi a’zolari «O‘zbekiston Respublikasi bilan Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi Shartnomani (Toshkent, 2013-yil 9-sentabr) ratifikatsiya qilish haqida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqdilar. Muhokama vaqtida ta’kidlanganidek, Xitoy Xalq Respublikasining Raisi Si Szinpinning O‘zbekiston Respublikasiga rasmiy tashrifi vaqtida 2013-yil 9-sentabrda Toshkent shahrida ikki davlat boshliqlari tomonidan imzolangan mazkur Shartnoma O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasida do‘stona aloqalar, strategik hamkorlik munosabatlarini yanada mustahkamlashga qaratilgan, siyosiy, savdo-iqtisodiy, moliyaviy-investitsiyaviy, transport, energetika, ilmiy-texnikaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni rivojlantirishning eng muhim yo‘nalishlarini, ularni ro‘yobga chiqarish mexanizmlarini belgilab beradi. Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Senatorlar «2011-yil 18-oktabrdagi Erkin savdo hududi to‘g‘risidagi Shartnomani uning Tomonlari va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida qo‘llash haqidagi Bayonnomani (Minsk, 2013-yil 31-may) ratifikatsiya qilish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ham ko‘rib chiqdilar va ma’qulladilar.

Shundan keyin senatorlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining raisini tayinlash to‘g‘risidagi masalalarni, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining vakolatiga taalluqli boshqa masalalarni ko‘rib chiqdilar.

Muhokama qilingan barcha masalalar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining tegishli qarorlari qabul qilindi.

Senatning ikki kunlik majlisida 16 ta masala, shu jumladan, 9 ta qonun ko‘rib chiqildi. Ularning amalga oshirilishi aholi turmush darajasini, mamlakatda barqarorlik va farovonlikni yanada oshirishning qudratli omiliga aylanadi.

Kun tartibidagi masalalarni muhokama qilish vaqtida senatorlar mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning normativ-huquqiy asoslarini takomillashtirishning, insonparvarlik g‘oyalarini hayotga tatbiq etish uchun zamon talabiga ko‘ra yangi qonunlar qabul qilinishining, jamiyat va davlat manfaatlarining muvozanatini, faol ijtimoiy sheriklikni ta’minlashning, moliyaviy-iqtisodiy va sud-huquq tizimlarining asoslarini mustahkamlashning alohida ahamiyatga egaligini yakdillik bilan ta’kidladilar.

Senatorlar tomonidan ma’qullangan qonunlar va qabul qilingan qarorlar davlat rahbarining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma bir yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida belgilab berilgan, demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qaratilgan vazifalarni amalga oshirishga xizmat qiladi.

Shu bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n uchinchi yalpi majlisi o‘z ishini tamomladi.


Muallif: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining matbuot xizmati
Marta o`qilgan: 6979