Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Elchisi o‘z missiyasini yakunladi

2024-yilning 17-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Elchisi sifatidagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Sharlott Adrianni qabul qildi.

Vazir Elchining yillar davomida O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni rivojlantirishga qo‘shgan hissasini yuqori baholadi hamda uning kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.