Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2024-yil 23-may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Terxi Xakala va uning jamoasi bilan uchrashdi. Tomonlar O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi hamkorlik, shuningdek, mintaqaviy va global kun tartibi bo‘yicha fikr almashishdi. Uchrashuvda bugungi kunda Markaziy Osiyo tobora o‘zaro bog‘liqlik va umumiy farovonlikka birgalikda intilayotgani va xorijiy sheriklar uchun jozibadorligini oshirayotgani qayd etildi. Xalqaro miqyosda mustahkam aloqalarni o‘rnatishda mintaqaviy mushtarak sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlanayotgani e'tirof etildi.