Tashqi ishlar vazirligida BMT Aholishunoslik jamg‘armasi vakili bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2024-yil 4-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Muzaffar Madrahimov BMT Aholishunoslik jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Nigina Abaszade bilan uchrashuv o‘tkazdi.
O‘zbekiston bilan Jamg‘arma o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Sog‘liqni saqlash, gender tengligi, demografiya, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash kabi yo‘nalishlarda yangi loyihalarni amalga oshirishga oid masalalar ko‘rib chiqildi.
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirishda o‘zaro hamkorlikni faollashtirish yuzasidan fikr almashildi.